Globalizatsiya sharoitida ochiq savdo va proteksionizmning o'zaro nisbatlari mundarija kirish I bob. Globallashuvning nazariy va iqtisodiy asoslari…6


-jadval O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi(evroda keltirilgan)


Download 278 Kb.
bet14/15
Sana15.11.2023
Hajmi278 Kb.
#1775334
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
GLOBALIZATSIYA SHAROITIDA OCHIQ SAVDO VA PROTEKSIONIZMNING O\'ZARO NISBATLARI

8-jadval
O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi(evroda keltirilgan)

Yillar

Jami eksport
(mln evro)

Jami import


(mln evro)

Jami savdo aylanmasi


(mln evro)

2002

1637

2189

3826

2003

1735

2190

3925

2004

2158

2534

4693

2005

2783

2851

5634

2006

3922

3400

7322

2007

4139

4139

8452

2008





10260

Manba: European Union Bilateral Trade with Uz-n, DG Trade//http//ec.europa/eu/issues/ bilateral/data/htm
Chet el investorlarini jalb qilish hisobiga davlatimizda ishlab chiqarish yildan yilga oshib bormoqda. Asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Bu esa tashqi iqtisodiy siyosatning o’sib borayotganidan dalolat beradi. 2008 yil yakunlariga ko’ra tashqi savda balansi 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi, tashqi savdo aylanmasi esa 21.4% ga o’sishga erishildi60.
6-diagramma
O’zbekistonning Tashqi Savdo Aylanmasi( AQSh dollarida berilgan)

Manba: G. Saidova “Modernizastiya, texnicheskoe obnovlenie i diversifikastiya proizvodstva, shirokoe vnedrenie innovastionnыx texnologiy – neobxodimoe uslovie vыxoda Uzbekistana na novыe rubeji na mirovom rыnke” elektron darslikdan, Toshkent-2009


Yuqorida aytganimizdek, asta sekinlik bilan import tavarlar o’rnini bosuvchi tovarlar ko’payib, chetga eksport qilinadegan tovarlar xajmi oshib bormoqda. Buni diagrammadan ham ko’rishimiz mumkin ya’ni 2008 yilda eksport xam import hajmidan ancha yuqori. 2008 yilda eksport hajmining o’sishi 2004 yil darajasiga nisbatan 2.3 barvarni, 2006 yilga nisbatan 1.9 barvarni tashkil etgan. Savdo balansi 4 mlrd. doll.dan oshdi va tashqi savdo aylanmasi 21.4 %ga o’sdi61.
Yuqoridagi diagrammaga e’tibor beradigan bo’lsak, 2004 yildan 2008 yilgacha davlatimiz boyligi bo’lgan paxta tolasini eksport qilish 18.1%dan 9.2%ga qisqardi. Biz ham asta sekinlik bilan xom ashyo o’rniga tayyor mahsulotlarni ham eksport qilishga o’tmoqdamiz. Oziq ovqat mahsulotlari ham bu davr oralig’ida 3.8%dan 4.4%ga o’sdi. Mashina va uskunalarini ham eksport qilish 7.4%dan 7.5%ga o’sdi. Ammo xizmat ko’rsatishdagi eksport xajmida pasayish ko’zatilgan, ya’ni 11.8%dan 10.4%ga qisqargan. Umuman olganda 2004-2008 yillarda eksport umumiy hajmidagi tayyor mahsulotning ulushi 17,7% dan 42% ga qadar oshdi62. 2008 yilda eksport xajmi 6.1%ga o’sishga erishildi. Shundan tovar va xizmatlarning eksportdagi o’lishi 28.7%ga o’sdi63. Eksport tarkibida engil avtomobillar va elektrotexnika mahsulotlari, shuningdek to’qimachilik mahsulotlari hisobiga tayyor mahsulotlar chetga chiqarish salmog’i o’sdi.
Yuqoridagi diagrammadan ko’rishimiz mumkinki, 2004 yildan 2008 yilgacha iste’mol tovarlarini import qilish 13%dan 8%ga qisqargan. Yuqorida aytganimizdek import tarkibida mashinasozlik mahsulotlari, shuningdek kimyo sanoati tovarlari ahamiyatli ulushni egalladi (46-53%). Respublika sanoatining ustuvor tarmoqlarida mahalliylashtirilayotgan mahsulotni ishlab chiqarishning ko’payishi importga sarflarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berdi.
Yuqorida aytganimizdek davlatimiz tayyor mahsulotlar, oziq ovqat mahsulotlari, mashina va uskunalar, kimyo mahsulotlari, metallar, energiya resurslari va bir qancha sohalar bilan jahon bozoriga chiqmoqdamiz. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058 sonli Farmoni bilan mamlakatimizda reyal sektor korxonalarini va kichik biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar aniq belgilab berilgan64. Mazkur Farmonda tijorat banklarini modernizastiya qilish, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarini qo’llab quvvatlash muhim roli inobatga olingan holda, banklarning real sektor korxonalariga o’z vaqtida moliyaviy ko’mak berishdagi faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Bo’lim oxirida aytmoqchimizki, Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishga, mamlakatlar va xalqaro bank-moliya tashkilotlari bilan teng huquqli va manfaatli hamkorlik yo’nalishlarini ishlab chiqish va mustahkamlashga ustuvor vazifalardan biri sifatida qarab kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Jahon xo’jaligi bilan integrastiyalashmasdan, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirmasdan va rivojlangan mamlakatlar bilan o’zaro manfaatli munosabatlarni yo’lga qo’ymasdan turib biz ko’zlagan maqsadimizga erisha olmaymiz»65.


Xulosa
Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:

  • moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;

  • axborotlar ahamiyatining oshishi;

  • global oligopoliyaning to’xtovsiz kengayishi;

  • transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.

Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi. Globallashuv jarayonlarining alohida mamlakatlar iqtisodyotiga ijobiy ta’sirining darajasi ushbu mamlakatlarning jahon iqtisodiyotida tutgan o’rniga bog’liq. Amalda afzalliklarning asosiy qismi boy davlatga yoki individlarga tegadi. Globallashuvning salbiy oqibatlari past rivojlangan mamlakatlarga ko’proq ta’sir qilishi mumkin. Bu mamlakatlarning ko’pchiligi baynalminnallashuv jarayonida xomashyo va mehnat sig’imi mahsulotlari (ularning ba’zilari zamonaviy murakkab texnika uchun ehtiyot qisim va butlovchi bug’imlar) etkazib beruvchi sifatida ishtirok etgan hamda ilg’or mamlakatlarga har tomonlama bog’lanib qolishadi va ularga nisbatan kam foyda ko’rishadi hamda bu foyda jahon bozorlari konyukturasiga bog’liq holda barqaror bo’lmaydi.
Yuqorida qayd etib o’tganimizdek, globallashuv jarayonida eshtirok etishdan sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’proq foyda oladi, zero ular ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va barcha diqqat-e’tiborni ko’p daromadli bo’lgan ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarishga qaratadilar. Ayni paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda ham globallashuv jarayonlari salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin: ishsizlik, moliya bozorlarida nobarqarorlik kuchayadi va boshqalar. Ayniqsa jahon moliyaviy inqirozi davrida ularning salbiy oqibatlari sezilarli darajadan ancha yuqori bo’ladi.
Barchamiz bir haqiqatni anglab etishimiz lozim – “O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”66 degan so’zlarini yana bir bor esga olish muhimdir. O’z navbatida O’zbekistonning globallashuv jarayonlaridagi ishtiroki ham ushbu inqiroz oqibatlarining ma’lum darajada iqtisodiyotimizga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkinligidan darak beradi. Hozirda ko’plab mutaxassis va ekspertlar tomonidan jahon moliyaviy inqirozining global tus olishi va iqtisodiy inqiroz jarayonlarining kuchayishi restessiya va iqtisodiy pasayishni, investistiyaviy faollik ko’lami cheklanib borishini, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi hamda jahonning ko’plab mamlakatlariga ta’sir ko’rsatadigan jiddiy ijtimoiy talofotlar sodir bo’lishi mumkinligi e’tirof etilmoqda. Shu o’rinda aytish lozimki, hozirda rivojlanib borayotgan moliyaviy inqiroz inflyastiya, qator banklar va moliyaviy muassasalarning tanazzulga yuz tutishi ta’sirida ishsizlik, ishlab chiqarish sur’atlarining pasayishi va boshqalar negizida iqtisodiy inqiroz shaklida kuchayib bormoqda. Bundan ko’rinadiki, hozirgi jahon moliyaviy inqirozining o’ziga xos xususiyati - bu uning iqtisodiyotning moliyaviy sektoridan boshlanib, real sektoriga o’tganligidir.
Shunga ko’ra, Prezidentimiz o’z asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jahon moliyaviy inqirozining mazmun-mohiyati, kelib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar. Shu o’rinda jahon moliyaviy inqirozining mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’siri qanday bo’ladi, degan savol barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirishi tabiiydir. Bu borada Prezidentimizning «...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi67. Chunki jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O’zbekiston eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o’g’itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, o’z navbatida, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko’rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, oxir-oqibatda esa makroiqtisodiy ko’rsatkichlarimizning o’sish sur’atlari va iqtisodiyotimizning boshqa tomonlariga salbiy ta’sir etadi.
Yuqorida aytganimizdek, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Avvalambor keyingi davr mobaynida mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o’z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat va asos bo’lib xizmat qilishi muqarrar. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi PF-4058 sonli Farmoni bilan mamlakatimizda reyal sektor korxonalarini va kichik biznesni moliyaviy qo’llab quvvatlash borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar aniq belgilab berilgan68. Mazkur Farmonda tijorat banklarini modernizastiya qilish, eksport qiluvchi korxonalar va kichik biznes sub’ektlarini qo’llab quvvatlash muhim roli inobatga olingan holda, banklarning real sektor korxonalariga o’z vaqtida moliyaviy ko’mak berishdagi faoliyatini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilgan. 2009-2014 yillar davomida ishlab chiqarish sektorini modernizastiya qilish maqsadida jami 852 proekt uchun 42,51 mlrd. doll. va 2009 yil uchun 590 proekt uchun 24,43 mlrd. doll. pul ajratish ko’zga tutilgan.69 Mening taklifim bu jarayonni yengish uchun avvalom bor ishlab chiqarishni kengaytirish zarur chunki, bu davrda ishsizlik darajasining yuqoriligi va aholi daromatlarining pastligi ko’zatiladi. Buni tadbirkorlarga past foizli kreditlar berish orqali amalga oshirish mumkin.
Hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Jahon moliyaviy inqirozi davrida iqtisodiyotni modernizastiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investistiyalariga ehtiyoj mavjud bo’ladi. Chunki kim birinchi yangiliklarni o’zlashtirish tezlashadi. Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mening taklifim bu davrda xorijiy investorlarni jalb qilish, iqtisodiyotni modernizastiya qilish va ko’proq rivojlangan davlatlardan buyurma asosida eng so’nggi va ilg’or texnologiyalarni olib kelish maqsadga muvofiq bo’ladi. Eng so’ngi texnologiya asosida tayyorlangan mahsulot jaxon bozoriga har tomonlama mukammal bo’lib chiqadi. Keyin maxsulot narxi va zamonaviyligi bilan boshqalar bilan raqobatlasha oladi. Bizda 3 ta maxsulotni tayyor mahsulot sifatida bemalol o’zimiz eksport qilsak bo’ladi . Bular: tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari va energitikalardir. Faqat yuqorida aytganimizdek eng so’nggi va ilg’or texnologiyalar bo’lsa bas. O’zbekiston hukumati tomonidan 2006-2010 yillar uchun ham ustivor invetistiya takliflari ro’yxatini tasdiqladi va unda 7 mlrd.AQSh dollarini tashkil etdi70.

Download 278 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling