Globallashuv – yangi falsafiy mavzu sifatida. 2 Global jarayonlarni bashorot qilishning ahamiyati


Download 45.73 Kb.
bet7/7
Sana30.09.2023
Hajmi45.73 Kb.
#1690203
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI global

texnologik pessimizm» deb nomlangan qarashlarni namoyon etdi. «ekopessimizm», asosiy e’tibor inson faoliyatining salbiy oqibatlari va atrof muhit muammolariga qaratilgan, ularni yechish imkoniyatlari salbiy tusda ko’rilgan holdir.
Ko’pgina taniqli olimlar va faylasuflar, xususan G.Markuze, T.Rozzak, P.Gudmen va boshqalar o’z o’tmishdoshlarini shafqatsiz stsientizmda4, insonni fan va texnika quliga aylantirishga urinishda ayblab, fan-texnika taraqqiyotiga qarshi chiqdilar. Fan-texnika taraqqiyotiga va umuman ijtimoiy taraqqiyotga qarshi norozilikning Yangi to’lqini yuzaga kela boshladi. Bu to’lqin ta’sirida paydo bo’lgan g’oyalar «aksiliste’mol» jamiyatini asoslashga harakat qilar va «o’rtacha odam»ni ozginaga qanoat qilish lozimligiga ishontirishga qaratilgan edi. Global muammolar paydo bo’lishining aybdorini topishga urinish jarayonida asosiy ayb «zamonaviy texnologiya»ga qo’yildi. Nafaqat fan yutuqlari, balki taraqqiyot g’oyasi ham shubha ostiga olindi. O’z davrida J.J.Russo ilgari surgan «tabiat bag’riga qaytish»ga chorlovlar paydo bo’ldi, iqtisodiy rivojlanishni erishilgan darajada «to’xtatish» taklif qilindi.
Rim klubi.Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o’zining birinchi majlisiga yig’ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o’z oldiga vazifa qilib qo’ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O’sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo’ldi, chunki insoniyat o’zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o’tirib, gugurt o’ynayotgani»ni ko’rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so’zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o’sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko’tarishga qodir ekanligiga sog’lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O’sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali aniqlash lozim»5.
Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug’ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz hajmining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o’sish cheksiz darajada davom yetishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendentsiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendentsiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo’qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to’xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish, tobora ko’payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi.
Ma’ruza jahonning ko’plab tillariga o’girildi va dunyo bo’ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o’sishini to’xtatish g’oyasi tarafdorlari va muxoliflari o’rtasida qizg’in bahs-munozaralarga sabab bo’ldi. So’ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo’ldi.
XULOSA
Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.
Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi.
FОYDАLАNILGАN АDАBIYОTLАR RUYXАTI
1. Shаvkаt Mirziyоev. Yаngi О‘zbekistоn strаtegiyаsi -Tоshkent. ” О‘zbekistоn”, 2021. –B.122.
2. Milliy tiklаnishdаn-milliy yuksаlish sаri. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidenti Sh.Mirziyоevning аsаrlаri vа mа’ruzаlаridаn оlingаn fikrlаr, “Yоshlаr nаshriyоt uyi” Tоshlekt-2019. -B.5.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: ―Tasvir‖, 2020. – B. 8.J
4. Milliy g‘оyа tаrixi vа nаzаriyаsi/ Sh.Tо‘rаev, О.Muhаmmаdievа.-T:”Sаnо-stаndаrt”, 2016. –B. 99.
5. Оrif Аyupоv, Dunyо Siyоsаt Jаmiyаt, “ Ziyо” -2018-yil, 25-bet.
6. “Fuqаrоlik jаmiyаti” fаnidаn uslubiy qо‘llаnmа, Оbid Hаydаrоv, Sаmаrqаnd-2019.- B. 15.
7. F.f.d. dоs. N.А. Nаzаrоv, f.f.d. dоs. О.M. Muhаmmаdievа, f.d. (PDH) M.I. Xujаyev, “Milliy g’оyа vа millаtlаrаrо munоsаbаtlаr" о'quv qо’llаnmаsi Tоshkent-2021, 31-32- betlаr.
8.Y.Yаxshilikоv, N.E.Muhаmmаdiev, Milliy g’оyа: О’zbekistоnni rivоjlаntirish strаtegiyаsi. Dаrslik.- Tоshkent:2018, 412-413-bet.
9. Sh.M.Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. – B. 44.
15. Mаkhkаmоv K. О. The need tо develоp the histоricаl cоnsciоusness оf yоuth in Uzbekistаn //Учёный XXI века. – 2020. – №. 1 (60). – С. 44-49.
16. Содирджонов М. М. Изучение проблем человеческого капитала в этносоциологических процессах //В поисках социальной истины. – 2021. – С. 59-69.
Internet resurslari
1. http://ru. wikipedia.org/wiki/World_financial_economic_crisis
2. http://www.classs.ru/stati/fin_krisis/prichiny_i_posledstvia_krizisa/
3. http://ru. wikipedia.org/wiki/Financial-economic_crisis_years_in_О’zbekiston
1 А.Pеchchеi . Человечские качества – M.: 1980. – с.7
1Қаранг Р.Т.. dе SHardеn. Феномен человека – M.: 1987. – с.194
2Bеll Сотсиалние рамки инфармационного обўества / Новая технократическая волна на западе – M., 1986. – с.342
3Там же – с.342
4Stsiеntizm (ingl. science– fan) – fanning jamiyat ҳayotidagi rоlini mutlaқlashtiruvchi kоntsеptsiya
5Pеchchеi A. CHеlоvеchеskiе kachеstva. – M.: 1980. – S.123, 124.
http://fayllar.org
Download 45.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling