Globallashuv davrida yoshlarning ijtimoiy-falsafiy tafakkurini shakllantirish masalalari


Download 43 Kb.
Sana10.06.2020
Hajmi43 Kb.
#117082
Bog'liq
GLOBALLASHUV IJTIMOIY-FALSAFIY TAFAKKURI. Xurshid


GLOBALLASHUV DAVRIDA YOSHLARNING IJTIMOIY-FALSAFIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Fayzullayev Xurshid

(SamDCHTI talabasi)


XXI asr – axborot kommunikation texnologiyalarining yuksak darajada rivojlangan davri ekanligi barchaga ma’lum. Bugungi kunda biz boshqa davrlardan farq qiladigan, juda tez, shiddat bilan o’zgarayotgan bir davrda yashayapmiz. Globallashuv haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov: “Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganligining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak – bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoqqo‘shnilari, balki jahon miqyosidagi boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryapti. SHu ma’noda, globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir”[1] – deb ta’kidlaydi.

Hech bir xalq, milliy o‘zligini, tafakkurini, umumbashariy madaniyat va qadriyatlar bilan chambarchas bog‘lab o‘rganmasdan turib, hozirgi globallashuv jarayonida ustuvor o‘ringa ega bo‘la olmaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: “Bugungi hayotimizning kechagi kunimizdan asosiy farqini topmoqchi bo‘lsak, bu avvalo odamlarning tafakkuri o‘zgarib, aniqrog‘i, yuksalib borayotgani bilan belgilanadi”[2].

Istiqlol talablari darajasida falsafiy tafakkurni yangilash vazifalarini bajarish g’oyat murakkab bo’lib quyidagi bir qator muammolarni hal qilishni taqazo etadi:


  • Mustabid tuzum mafkurasining ijtimoiy, ma’naviy va falsafiy sohalardagi asoratlarini bartaraf etish;

  • Kishilar, ayniqsa, yoshlar ongi va turmush tarzidan sobiq tuzumga xos g’ayriinsoniy tamoyillarni siqib chiqarish.

  • ma’naviy merosimizni qayta tiklash va ijodiy rivojlantirish jarayonida buyuk ajdodlarimiz falsafiy merosini yanada keng va chuqurroq o’rganish va yoshlarga uning ma’no mazmunini tushuntirish va boshqalar.[3]

I.A. Karimov o‘zining «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarida shunday yozadi: "… ommaviy madaniyat" degan niqob ostida axloqiy buzuqlik va zo‘ravonlik, induvidualizim, egosentizim g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi"[4]. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, yosh avlodning ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intiladi.

O’zbekiston globallashuv ta’sirida vujudga keladigan xavf-xatarlardan qo’rqib, globallashgan dunyodan ajralib qolmaydi. Chunki butunjahon globallashuv jarayonidan chetda qolish bu har qanday davlatning taraqqiyotiga yoshlarining kelajagiga va ijtimoiy-falsafiy tafakkurining teran rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Zero, buyuk hind davlat arbobi Mahatma Gandi ham “Globallashuv jaroyoniga qanday qaraysiz?” degan savolga, u shunday ma’noda quyidagicha javob bergan ekan: “Men tashqaridagi bo’rondan qo’rqib, derazamni yopib qo’ya olmayman, chunki menga toza havo kerak. Shu bilan birga, toza havo kerak ekan deb derazamni katta ochib ham qo’ya olmayman, chunki mening uyimni chang-to’zon bosib ketishini xohlamayman”. Haqiqatdan ham hech qaysi mamlakat butun dunyo integratsiyalashuvidan ajralib, mustaqil holda yashay olmaydi va o’zining rivojlanish tendensiyasiga ega bo’la olmaydi. Chunki bugungi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan dunyo bunga yo’l qo’ymaydi. XXI asr taraqqiyoti o’zining mana shunday o’ziga xosligi bilan dunyo mamlakatlarini globallashuv jarayoniga qamrab boradi. Ammo butun dunyo integratsiyalashuvi jarayoniga qo’shilish maqsadida ochilgan eshiklar har doim ham mamlakat rivojiga xizmat qilavermaydi. Ya’ni globallashuv jarayoning salbiy ta’sirlari mamlakat rivojiga unib-o’sib kelayotgan yoshlari tafakkuriga rahna solishi mumkin. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli hukumatimiz tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi.

Xalqimiz har doim o’zining tanlagan ozod va obod, farovon jamiyat qurish yo’lidan yurishni davom ettiradi. Globallashuvning “ommaviy ma’daniyat” o’ziga xos xatarlaridan mamlakatimiz yoshlarimiz ongida “ma’naviy immunitet”ni shakllantirib qarshi turadi. Shuni aslo unutmasligimiz kerak , biz yoshlar - O’zbekiston kelajagimiz, bizda bir maqsad bor: hech qanday “ommaviy madaniyat” yoki boshqa milliy mafkuramizga xos bo’lmagan g’oyalar ta’sirida qolmasdan xalqimizning milliy qadriyat va urf-odatlarini saqlagan holda yurtimizning xalqaro nufuzini yanada oshirishda o’z hissamizni qo’shishimiz kerak!

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.- T.:”Ma’naviyat”. 2008, 70

  2. Karimov I. A. Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.– T.: Sharq, 1997,8-9.

  3. Yusubov D.A. va boshq. Falsafa. Darslik, O’zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, T., 2012,30-31-b

1 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.- T.:”Ma’naviyat”. 2008, 70

2 Karimov I. A. Barkamol avlod–O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.– T.: SHarq, 1997, 8-9.

3 Yusubov D.A. va boshq. Falsafa. Darslik, O’zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, T.,2012,30-31-b

4 Karimov.I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.- T.:”Ma’naviyat”. 2008, 73

Download 43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling