Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o'zaro aloqasi va farqi
Download 103.5 Kb.
|
Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarin
Inson faoliyati sohalari va bilish ob’ektiga qarab ilmiy bashoratning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, harbiy va boshqa turlari farqlangan. Ijtimoiy bashoratning xususiyatini qayd yetish uchun «prognoz qilish» tushunchasi muomalaga kiritilgan. Prognoz qilish bashoratning alohida shakli bo’lib, u ijtimoiy jarayonlarni o’rganishda yuqori darajada ilmiy asoslanganlik va ob’ektivlik bilan ajralib turadi. Ilmiy bashoratning boshqa shakllaridan farqli o’laroq prognoz qilish – o’z metodologiyasi va texnikasiga ega bo’lgan maxsus tadqiqot.
Bugungi kunda ijtimoiy prognoz qilish muammolari bilan maxsus xalqaro tashkilotlar shug’ullanadi. Ularning orasida quyidagilar bor: Gudzon instituti, REND va Kelajak uchun resurslar korporatsiyalari, CHikago va Kaliforniya universitetlari (AQSH); Keyingi 30 yilda Angliya, Fransiya, Germaniya, Gollandiyadagi futurologiya institutlari va b. Yirik xalqaro uyushmalar: Jahon futurologlar jamiyati, Kelajak dunyosi, Fyutyuribllar xalqaro tashkiloti tuzilgan. Bu futurologik tashkilotlar orasida Rim klubi alohida o’rin egallaydi. Mazkur xalqaro nohukumat tashkiloti 1968 yil aprelda italiyalik jamoat arbobi, «Olivetti» kompaniyasining vitse-prezidenti, FIAT kompaniyasi ma’muriy kengashining a’zosi Aurelio Pechchei tashabbusi bilan ta’sis etilgan. Klub Jenevadagi maxsus reestrda shtat va budjetga ega bo’lmagan, a’zolari soni cheklangan tashkilot sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan. Bugungi kunda Rim klubiga jahonning 47 mamlakatida yashab ijod qiluvchi, ilmiy-texnika inqilobi davrida insoniyat rivojlanishining istiqbollarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan yuzdan ortiq fan va madaniyat arboblari a’zo. Klub faoliyatining asosiy shakli – hozirgi davrning olamshumul muammolarini o’rganishni tashkil yetishdan iborat. Kelajakni bashrat qilishning o’ziga xos xususiyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi: 1. Prognoz qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv asoslarga ega. Prognoz qilishning ob’ektiv asosi o’tmish, hozirgi zamon va kelajakning qonuniy aloqasi bilan belgilanadi.Bashorat qilishning sub’ektiv asosi inson tafakkurining o’tmishdan hozirgi zamon orqali kelajakka eltuvchi qonuniy tendentsiyalarini aniqlash va qayd yetish asosida kelajakni oldindan aytish imkoniyatida zohirdir. Kelajakni oldindan aytish bo’lg’usi voqealar haqida xulosalar chiqarish qobiliyati ko’rinishini kasb etgan. Prognoz qilishning ob’ektiv va sub’ektiv asoslarini aniqlash uni ba’zan bashorat bilan bog’lanadigan soxta bashoratgo’yliklardan farqlash imkonini beradi. Odatda, soxta bashoratgo’yliklar ob’ektiv jarayonlarni o’rganishga emas, balki sub’ektivistik o’zboshimchalikka, ya’ni ko’ngliga kelgan fikrni ilgari surishga asoslanadi. 2. Ijtimoiy prognoz qilish mavjud nazariyalar bilan uzviy bog’liq, ulardan kelib chiqadi. Ma’lumki, har qanday nazariya uch funksiyani: sintez qilish, tushuntirish va prognoz qilishni bajaradi. ya’ni nazariya u yoki bu sohada mavjud holatni tushuntiradi va uning rivojlanish tendentsiyasini bashorat qiladi. Binobarin, ilmiy prognoz qilish nazariyadan boshlanadi. Ilmiy bashoratning keyingi mantiqiy tuzilishi quyidagi ko’rinishga ega: - bashorat muammosini aniqlash; - gipotezani ilgari surish; - prognoz qilish (bashoratning umumiy muammosi doirasida ayrim vazifalarni yechish uchun prognozlarni ilgari surish); - ilgari surilgan prognozlar asosida prognostik faoliyat rejasini tuzish; - prognozlarning haqqoniyligi, ishonchliligini asoslash va ularni imkoniyat darajasida amaliyot sinovidan o’tkazish yo’li bilan tasdiqlash. 3. Ijtimoiy prognoz qilish kelajakni muayyan tarzda davriylashtirishni nazarda tutadi. Kelajak haqidagi bilimlar hozirgi davrdan uzoqlashishiga qarab o’zining muayyanlik va aniqlik xossalarini yo’qotib, umumiyroq va nomuayyanroq tus olib borgani bois, bevosita, ko’zga ko’rinadigan va uzoq kelajak haqida so’z yuritilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Bevosita kelajakning vaqtdagi chegarasi 30 yildan oshmaydi. Ilmiy kashfiyot yaratilganidan u amalda gavdalantirilgunga qadar taxminan 20 yil vaqt o’tadi. SHunga asoslanib iqtisodiyotning joriy yuz yillikning 40-yillaridagi texnologik darajasi haqida ishonch bilan hukm chiqarish mumkin. Joriy yuz yillikning kattagina qismini qamrab oluvchi ko’zga ko’rinadigan kelajakka kelsak, bizning u haqdagi bilimlarimiz, ta’bir joiz bo’lsa, haqiqatnamo xususiyat kasb etadi va ularga ehtiyotkorlik bilan yondashish talab etiladi. Jahon aholisi sonining jadal sur’atlarda o’sishi XXI asrning ikkinchi yarmida to’xtashini, 2100 yilga borib u taxminan 10-12,5 mlrd. kishiga yetishini kutish mumkin. Keyingi yuz yillik chegarasi ortida yotgan uzoq kelajak xususida real imkoniyatlarga ega bo’lmagan turli gipotetik farazlarga muvofiq hukm chiqarish mumkin. Ammo bu farazlar tarixiy muddatlar va ularning hayotda gavdalanish shakllari nuqtayi nazaridan muayyan taxminiy baholar bo’lishi ham mumkin emas. 4. Prognoz qilish – bu maxsus ilmiy metodlar yordamida kelajak haqida bilimlar olish jarayoni. Bu metodlar prognoz tuzish maqsadida empirik axborotni tanlash va tahlil qilish usullari va amallari yig’indisidan iborat. Prognoz qilishning ilmiy vositalari to’plami kelajakni bilishning 200 dan ortiq metodlari, maxsus metodikalari va mantiqiy vositalarini o’z ichiga oladi. Ammo ularni besh asosiy guruhga birlashtirish mumkin (qolganlari ularning variantlari hisoblanadi): Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling