Globallashuv tushunchasining mazmun-mohiyati. - Globallashuv masalasini bugungi kunda barcha mamlakatlardagi olimlar, siyosatchilar, jurnalistlar va tadbirkorlar muhokama qilmoqdalar. Ularning barchasi mazkur fenomenni dunyo xalqlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiyhuquqiy, ma’naviy-madaniy hayotining o‘ziga xos bo‘lgan zamonaviy holati, ularda kechayotgan ichki va tashqi jarayon hamda ularning umumplanetar tarzda rivojlanish tendensiyasi sifatida talqin etmokdalar.
- Umuman olganda "globallashuv" tushunchasi fransuzcha global - umumiy va lotincha globus - shar so‘zlaridan olingan bo‘lib, birinchidan, Yer yuziga oid, butun Yer sharini qamrab oluvchi; ikkinchidan esa umumbashariy, keng miqyosdagi; jahonshumul, jahon ahamiyatiga molik, degan ma’nolarni anglatadi. «Globallashuv» atamasi 1981-1983 yillarda amerikalik sotsiolog Dj.Maklin, amerikalik tadqiqotchi T.Levitt, angliyalik olim R.Robertsonlar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda ishlatilgan
- Bugungi kunda globallashuvni obyektiv jarayon sifatida olimlar turlicha ta’riflaydilar. Masalan, Q.Nazarov tomonidan yozilgan "Falsafa asoslari" nomli kitobida globallashuv tushunchasiga olimlar tomonidan berilgan: "globallashuv: insoniyat taraqqiyoti va jamiyat hayotining jahon miqyosida integratsiyalashishi natijasida sodir bo‘layotgan jarayonlarning olamshumul ahamiyat kasb etishi;
- jahon iqtisodiyotining sarmoya, ishchi kuchi va kashfiyotli oqimining kengayishi, shuningdek, mamlakatlarning jahon miqyosidagi iqtisodiy muammolarni hal qilishga qaratilgan birgalikdagi harakatlari tufayli davom etayotgan integratsiyasi;
- tashkilotlarning xalqaro miqyosda kengayishga va xalqaro maydonda tobora kattaroq o‘rin egallashga qaratilgan strategiyasi;
- Falsafiy ma’noda "Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiga nisbatan muayyan davr mobaynida aniq maqsadga yo‘naltirilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarning tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladigan havf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha"47, bo‘lsa, jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa tahdid deb, makon va zamonda mavjud bo‘lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, yemirishga qaratilgan shaxsiy, mahalliy, xududiy, mintaqaviy omillarning qo‘rkitish, do‘q, po‘pisa qilishdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi.
- Ommaviy madaniyatning paydo bo‘lishi va rivojlana boshlashi XIX asr oxiri va XX asr boshlariga to‘g‘ri keladi. “Ommaviy madaniyat” an’anaviy madaniyatning ma’lum yo‘nalishi sifatida emas, balki madaniyatdagi sifat o‘zgarishi, hayot taqozasi asosida yuz berdi. Ommaviy axborot va kommunikatsiya (radio, kino, televideniye, ko‘p nusxali gazetalar, suratli jurnallar, internet) vositalarining keskin rivoji va tarqatilishi bunga sabab bo‘ldi. Ma’naviy boyliklarni industrial tijorat ishlab chiqarish va tarqatish, madaniyatni demokratlashtirish, aholi bilim darajasi o‘sishi bilan birga uning ma’naviy ehtiyojlarida pasayish jarayoni kuzatila boshladi
- Tadqiqotchilar ommaviy madaniyatning dastlabki shakli XIX asrning 30-yillarida adabiyotda paydo bo‘lgan va ommalashib ketgan sarguzasht janrini ko‘rsatishadi. Asr oxirida haftalik ommaviy axborot vositalari ana shunday asarlarni tinimsiz chop eta boshladilar. Vaqt o‘tishi bilan ushbu jarayonga “Yurak matbuoti” yoki “Qalb industriyasi” deb nom berdilar. Asr oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlarida ommaviy madaniyatning komiks shakli paydo bo‘la boshladi. Bu janr boshda faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, bora-bora kattalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Aniqrog‘i, “Ommaviy madaniyat”ning keskin rivoji XX asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Shu vaqtdan boshlab u keng qamrov va xujumkorlik bilan tarqala boshladi.
- E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |