Globallashuv va ekologiya. Globallashuv sharoitid ekologiya soxasida vujudga kelayotgan ayrim muammolar


Download 277 Kb.
bet25/27
Sana18.06.2023
Hajmi277 Kb.
#1581542
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Globallashuv va ekologiya

Umuminsoniy qadriyatlar. Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq me'yorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat. Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta'riflangan.
Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang‘ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro‘yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e'lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ldi. Uning bizgacha turli ko‘rinishlarda yetib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: «O‘zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g‘oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o‘zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e'lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamladi.
Ular to‘la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topdi va 1975 yilda xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi.
Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni yengib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an'analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.
So‘nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o‘ziga tobora ko‘proq e'tiborni tortmoqda. Bu yerda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko‘p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta'sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir.
Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana birinchi o‘ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bo‘ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay o‘zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma'naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta'minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin» degan edi.

Download 277 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling