Globallashuvi yo’nalishlari va ziddiyatlari


Sekulyarizatsiya davlatni dindan, maktabni esa cherkovdan ajratgan, ularning bir-biridan mustaqil tarzda rivojlanishiga olib kelgan


Download 0.52 Mb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1442688
1   2   3
Bog'liq
Globallashuv

Sekulyarizatsiya davlatni dindan, maktabni esa cherkovdan ajratgan, ularning bir-biridan mustaqil tarzda rivojlanishiga olib kelgan.

  • G‘arbdan farqli o‘laroq, Sharqda jamiyat hayotida islom dinining cheksiz hukmronligi va davlat ishlariga aralashuvi o‘rta asrdagi ilmiy taraqqiyotni yangi tarixiy davrlarda davom etishiga to‘sqinlik qilgan.
  • Fojia shundaki, dunyoviy ilm Sharqda turg‘un holatda qoldi. Bu esa ijtimoiy tuzumni ham o‘rta asrlarga xos monarxistik bo‘lishligiga, avtoritarizm bilan bog‘liq xarizmatik hokimiyat boshqaruviga keng yo‘l ochdi. Hozirgi G‘arb bilan ayrim Sharq mamlakatlari, aniqrog‘i, xristian va islom submadaniyatlari o‘rtasidagi notekis ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sekulyarizatsiya jarayonini Sharqda kechikkanligi natijasida sodir bo‘lgan deb izohlash mumkin.
  • Sekulyarizatsiya prinsipi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan huquqiy kafolatlangan.
  • Ta’kidlash joizki, ayrim G‘arb olimlari sekulyarizatsiyani ateizm, ya’ni dahriylik bilan aralashtirib yuborishadi. Aslida esa sekulyarizatsiya va ateizm boshqa-boshqa tushunchalardir.
  • Ateizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qat’iy ravishda diniy e’tiqodni inkor etadi, ilmiy materialistik dunyoqarashni yoqlab chiqadi. Ateizm tarafdorlariga G‘arbda L. Feyerbax, K. Marks, F. Engels, E. Fromm, F. Nitsshe, Jan Pol Sartr, A. Kamyu singari olimlar kiradi.
  • Sekulyarizm esa dinga nisbatan birmuncha yumshoq munosabatda bo‘ladi, fan va dinning hur rivojlanishi, o‘zaro tolerant (hamjihat)lik mavjudligining tarafdori bo‘lib chiqadi. Sekulyarizatsiya, bir so‘z bilan aytganda, jamiyat hayotida ijobiy ahamiyatga ega sanaladi.

Uzil-kesil aytish mumkinki, hozir O‘zbekistonda sekulyarizatsiya prinsipiga rioya qilinmoqda. Bu rasmiy, davlat siyosati darajasida namoyon bo‘lmoqda. Davlat siyosati sekulyarizatsiya prinsipini maf- kuraviy vositalar yordamida shaxs va jamiyat ongiga singdirmoqchi bo‘ladi hamda turli tadbirlarni amalga oshiradi.

  • Lekin aholining aksariyat qismi sekulyarizm prinsipini qabul qilmaydi. Buning sababi sekulyarizmni ateizm bilan almashtirib yuborishi, sekulyarizmning hayotbaxsh salohiyati, dunyoviy demokratik jamiyat qurish hamda inson huquq va erkinliklari kafolati uchun qanchalik muhim ekanligini barcha ham birday anglay olmasligidadir.
  • O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li - dunyoviy demokratik yo‘l. Sekulyarizm bu taraqqiyot uchun muayyan darajada metodologik ahamiyatga ega. Lekin sekulyarizm ommaviy ongga birdaniga o‘rnasha olmaydi. Buning sabablari turlicha. Masalan, islom dini tarixan dunyoviy hayotga nafaqat moslasha oladi, balki diniy va dunyoviy tafakkur birligida ustuvor mavqega ham ega bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi ateistik mafkura bilan go‘yoki sekulyarizmni ijtimoiy voqelikda qaror toptirmoqchi bo‘lgan va dinni quvg‘in qilgan. Biroq ateizm mafkurasi islom dinini insonlarning turmush tarzi va tafakkur vositasiga tarixan aylanib qolganligini hisobga olmagan. Shuning uchun ham dahriylik mafkurasi rasman tan olingan bo‘lsa-da, hayotda qaror topa olmagan. Xo‘sh, keyingi ijtimoiy taraqqiyotda, jamiyat hayotida din qanday o‘rin tutadi va qanday ahamiyatga ega hamda sekulyarizmning tarixiy taqdiri nimalarga bog‘liq, degan savollar tug‘iladi.
  • Dinning hozirgi zamon ijtimoiy hayotda, xalqaro munosabatlarda, madaniy hayotdagi mavqeidan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, din bundan keyin ham kishilarni o‘zaro hamjihatlikka, tinchlikka, ezgulikka undovchi omil bo‘lib qolaveradi.
  • XX asr va XXI asr boshlarining ko‘zga ko‘ringan ruhoniylaridan biri, xalqlar uchun kurashga katta hissa qo‘shgan arbob, xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, lamaizm dinining yetakchisi Dalay-lama XIV dinning zarurligi haqida quyidagi fikrlarni bayon etgan: «texnika hech qachon insonlarga oliy baxt keltirmaydi. Texnikaviy vositalar faqat jismoniy qoniqish beradi, agar u tufayli ba’zi hollarda ma’naviy qoniqishga erishish imkoni paydo bo‘lsa-da, u davomiylik kasb etmaydi. Boshqa tomondan qaralsa, agar inson faqat ma’naviy sohadan baxt izlasa, u jismoniy yo‘qotishlarda unchalik kuchli iztirob chekmaydi. Jahonning barcha dinlari aql beboshligini tizginlashga birdek da’vat etadi, chunki barcha baxtsizliklarning ildizi shundadir. Har bir din mo‘minlik, itoatkorlik va donishmandlik xos bo‘lgan shunday ruhiy holatga da’vat etadi va unga erishish yo‘lini ko‘rsatadi» .
  • Din axloqiy tarbiya sohasida muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. Biroq dinni siyosiy maqsadlar uchun niqob qilib olish, diniy davlat barpo etish vositasida yana o‘rta asr sakralizatsiya tendensiyasini ijtimoiy hayotda tiklashga urinish dunyoviy qadriyatlarga asoslangan konstitutsiyamiz va amaldagi qonunlarimizga ziddir. Eng asosiysi, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan xalqimiz diniy e’tiqodni chuqur hurmat qilgan holda dunyoviy yaratuvchanglik faoliyatini afzal ko‘rdi. Chunki jahon hamjamiyatining eng ilg‘or mamlakatlari faqat dunyoviy tafakkur orqali fan-texnika va ijtimoiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Yosh mustaqil O‘zbekiston davlati ham shu yo‘lni ma’qul ko‘rdi va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan bormoqda.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling