Глобус и тетради
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar
Download 357.41 Kb. Pdf ko'rish
|
Testologiya 4-Amaliy JalilovZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar
2. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar
Chunki, ta'limning asosiy vazifasi o'quvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak bo'ladigan ko'nikmalarni shakllantirishdir. Buning uchun kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega bo'lishi kerak bo'lgan muhim ko'nikmadir. Bu ko'nikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan o'zgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari "XXI asr" ko'nikmalariga ega ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga ko'maklashadi. Umuman olganda, bugungi o'quvchi kelajakda hozir hatto mavjud bo'lmagan sohalarda ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. O'quvchida kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Yuqoridagi talablar ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy mamlakatlardagi kabi, ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. http://presentation-creation.ru/ 2. Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar Shu maqsadda Respublika xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish, xalqaro aloqalarni o'rnatish, o'quvchi-yoshlarning ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda rag'batlantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2018-yil 8-dekabrida 997- sonli qarorni qabul qildi. Qarorga ko'ra, quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish belgilandi: 1. Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS)- boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va tushunish darajasini baholash uchun; 2. Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS)-4 va 8-sinf o'quvchilarming matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan o'zlashtirish darajasini baholash uchun; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling