Glomerulonefrit sabablari, alomatlari, tashxislash, davolash, asoratlari


Download 86.59 Kb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi86.59 Kb.
#1526364
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GLOMERULONEFRIT

Qovoqlar atrofidagi shishlar


Glomerulonefritning uchta (o‘tkir, o‘tkir osti, surunkali) turlari farqlanadi. Kasallikning o‘tkir turiga chalingan bemorlarda uch xil holat (tanaga shish kelishi, arterial qon bosimi ortishi, peshobda o‘zgarishlar bo‘lishi) kuzatiladi. Ayrim bemorlarda kasallik to‘satdan boshlanadi, ayrimlarda esa asta-sekin, bilinar-bilinmas namoyon bo‘ladi. Aksariyatida oyoqlar shish kuzatilib, kamquvvatlik va bosh og‘rishi ro‘y beradi, peshob kam ajralishi mumkin. Davo o‘z vaqtida boshlanmasa bemorlarning 80-90 foizida qovoqlar atrofi va yuz sohasi shishadi, terisi rangpar, ko‘zlari qisilgan, yuzi yapasqi bo‘lib qoladi. Bunday vaqtda teri ostida, o‘pka va yurak pardasi orasida hamda qorinda suyuqlik to‘planishi kuchayib, tana og‘irligi 15-20 kilogrammgacha oshadi. Davo o‘z vaqtida boshlanganda esa ikki-uch hafta davomida shish asta-sekin qayta boshlaydi.
Bemorlarda shish yuzaga kelishining ayrim sabablari bor. Masalan kapillyarlar devori o‘tkazuvchanligi o‘zgaradi, buyrak koptokchalarining shikastlanishi natijasida filtrlash faoliyati susayadi, tanada suyuqlik tutilib qoladi, antidiuretik (ADG) gormoni ko‘payadi, buyrak to‘qimalari aldosteronga sezuvchan bo‘lib qoladi, qonning suyuq qismi qon tomirlardan chiqib, g‘ovak hujayrali joylarda to‘planadi. Bularning hammasi glomerulonefrit rivojlanishini tezlashtiradi. O‘tkir glomerulonefritning aralash turi ham borki, unda buyrak koptokchalari kattalashadi, qizaradi, qizil va oq qon tanachalari shu yerda to‘planib qoladi. Keyinchalik koptokchalar rangi oqarib, tomirlari yorilib ketishi ham mumkin. Kasallikning eng asosiy belgisi buyrakda qon aylanishining buzilishi natijasida arterial qon bosimining ortishidir.
Bemorlarda oliguriya (bir kecha-kunduz davomida siydikning 1 1,5 litrdan kam kam miqdorda ajralishi) va gematuriya (peshobda qon bo‘lishi) holatlari ro‘y beradi. Peshobning rangi xuddi go‘sht seliga o‘xshash bo‘ladi. Arterial qon bosimining ortishi tufayli gipertoniya zamirida o‘pka shishishi va o‘tkir yurak yetishmovchiligi ham rivojlanishi mumkin. Kasallik kuchaygani sayin belning ikki tomonida og‘riqlar kuzatilishi mumkin.
Kasallikning o‘tkir osti turi ko‘pincha yoshlarda uchraydi. Bu vaqtda bemorning peshobi o‘zgaradi, unda oqsillar, eritrotsitlar silindrlar paydo bo‘ladi. Arterial qon bosimi ortib, tanada shish kuzatiladi.Davo vaktida boshlanmasa kiska vakt ichida buyraklar faoliyati keskin buzilib, surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal boskichi yuzaga keladi. Aksariyat bemorlar dializ terapiyasiga muhtoj bo‘ladilar.

Download 86.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling