Glossariy absolyut renta


Download 20.07 Kb.
bet3/8
Sana07.03.2023
Hajmi20.07 Kb.
#1247271
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GLOSSARIY

Ilmiy abstraksiya – Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo‘llaniladigan usullardan biri bo‘lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea – hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o‘rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga fikrni qaratishdir.
Immigratsiya - ishchi kuchining mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishi.
Import – chet ellik mijozlardan tovarlar (xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga kiritish.
Intensiv Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarish omillarining rivojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payib borishi.
Islohotlar konsepsiyasi – ijtimoiy–Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo‘nalishlari, uni amalga oshirishning vazifalari va strategik yo‘llarining umumiy g‘oyasidir.
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o‘zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi – ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi.
Iqtisodiyot – cheklangan Iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur bo‘lgan hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va etkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog‘liqlikda amal qiladigan faoliyatlar birligini ta’minlovchi Iqtisodiy tizim.
Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir
Iqtisodiy rivojlanish - ko‘p o‘lchamli jarayon bo‘lib, jamiyatning ijtimoiy, Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o‘z ifodasini topadi.

Download 20.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling