Glossariy absolyut renta
Download 20.07 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrobiznes
- Bevosita usullar
- Bozor
- Bozor sub’ekti
GLOSSARIY Absolyut renta – qishloq xo‘jaligida yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik monopoliyasi natijasida vujudga kelib, hamma turdagi: yaxshi, o‘rtacha va yomon yerlardan olinadigan renta. Agrosanoat integratsiyasi – qishloq xo‘jaligi bilan unga xizmat qiluvchi va mahsulotni iste’molchiga yetkazib beruvchi tutash tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining rivojlanishi hamda ularning uzviy birikish jarayonidir. Agrobiznes – tadbirkorlik faoliyatining qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq sohalardagi namoyon bo‘lish shakli. Agrar munosabatlar – yerga egalik qilish, tasarruf etish, undan foydalanish va ishlab chiqarish natijalarini o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. Bevosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning ta’qiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xarakteridagi ma’muriy vositalari. Bilvosita usullar - Iqtisodiyotni tartibga solishning Iqtisodiy vosita va dastaklari. Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan Iqtisodiy tizimdir. Bozor mexanizmi – bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va Iqtisodiy jarayonlarni uyg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalardir. Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir. Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan Iqtisodiy faoliyatning natijalari va Iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir. Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir. Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir. Bozor muvozanati –bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga tehg bo’lgan hol; taklif chizig’I bilan taklif chizig’I kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi. Download 20.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling