Ma’lumotlarni yig’ish (Сбор данных, Data capture) - ma’lumotlarni yig’ib ularni Kompyuterga kiritish jarayoni. Ma’lumotlarni yig’ish avtomatik tarzda yoki qo’l mehnati bilan amalga oshiriladi.
Ma’ruza (Лекция, Lecture) - o’quv materialini yoki masalani, mavzuni, bo’limni, predmetni tizimli va ketma-ketlikda bayon etish.
Marker (Маркер, Marker) - tarmoqlarda tartiblangan ma’lumotlarning unikal ob’ekti yoki xabarni ifoda etadi. Bu ob’ekt yoki xabar doimiy ravishda uzellar o’rtasida aylanib, tarmoq holatini tavsiflab turadi; biror ma’lumotdagi qisqartirib yozish mumkin bo’lmagan ixtiyoriy matn, masalan, dasturlar tillarida o’zgaruvchilarning nomi, buyruqlar va komandalar; foydalanuvchining interfeysi uchun xos bo’lgan grafik ob’ektning ma’lum qismi bo’lib, uning o’lchami, shakli kabi parametrlarini o’zgartirish imkoniyati beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |