Glossariy Arxeografiya
Download 47.47 Kb.
|
GLOSSARIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Manba atamasi
- Ilmiy apparat
- Faoliyat
Mixbosma (tipografik) – mix shaklidagi metall harflarni qo‘lda terish orqali kitob bosilishi. Bunda arab yozuvining nasx yozuvidan keng foydalanilgan.
Epitafiya – qabrtoshga yozilgan bitik (adabiyotda to‘plamdan joy olgan mo‘‘jaz she’r). Asl matnni tiklash – ma’lum vaqt mobaynida sub’ektiv (muallif, kotib, nashrga tayyorlovchi, muharrir) va ob’ektiv (ijtimoiy) omillar ta’sirida o‘zgarishga uchragan matndagi o‘zgarishlarni aniqlab, ularni tarixiy, ilmiy dalillar bilan asoslash. Manba atamasi – har qanday atamaning yasalishida so‘zning lug‘aviy ma’nolari negiz vazifasini o‘taydi. SHu negiz atrofida muayyan tushuncha barqarorlashadi va yangi nom bilan atala boshlaydi. Fikr, qarash, yondashuvlarning o‘zaro kelishuvi, shartlashuvi ostida sodir bo‘ladigan bu jarayon ixtiyoriy tarzda kechadi. Ilmiy apparat – matn tarkibini detallashtirib, har bir qismni ilmiy ko‘rsatkichlar orqali izohlash. Ilmiy apparatning konstruksiyasi va uning ichki tarkibi jarayonning ilmiy ko‘lami haqida bir butun tasavvur uyg‘otadi, balki tadqiqotning yakuniy ko‘rgazmali maketi vazifasini o‘taydi. Xillash – ko‘p nusxali matnning turlarga ajratish: qo‘lyozma, toshbosma, bosma. Tasniflash – xillangan matn turini sanalar bo‘yicha ajratish: asr, yil, oy. Qiyoslash – qo‘lyozmalarning xati va matn to‘liqligi solishtiriladi: badxat, xushxat; matnning boshi va oxiri bo‘lgani holda, ayrim baytlarning tushib qolishi,boshlanishi yo‘q qo‘lyozmalar, oxiri yo‘q qo‘lyozmalar, boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q qo‘lyozmalar. Saralash – qiyos natijasida saralangan nusxalar. Tom butunlik – qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning imkon qadar bitta qo‘lyozma matnida jamlanishi. Matnlar aro butunlik – qadimiylik, to‘liqlik, husnixat, saqlanish sifatining yaxshiligi kabi qiyos uchun muhim jihatlarning bittadan ortiq qo‘lyozma matnlari asosida jamlanishi. Faoliyat - odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o‘zgartirishga qaratilgan faollik. Download 47.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling