Glossariy atom kimyoviy element xossalarini o‘zida saqlaydigan uning eng kichik qismi atom kristall


Download 105 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi105 Kb.
#1571317
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
05 glossariy

RADIOAKTIVLIK - (lotinchadan radio — nurlanish, radius — nur va activus — taʼsirchan) 1896-yilda fransuz olimi Anri Bekkerel kashf etdi. A. Bekkerel uran metalli birikmalari bo’lgan ruda ko‘zga koʻrinmaydigan, ammo fotoplastinkaga taʼsir qiladigan nurlar chiqarishini payqadi. Agar qorong‘i uyda bir parcha uran rudasi fotoplastinka ustiga bir necha kun qo‘yilib, so‘ngra plastinka ochtirilsa, unda ruda parchasining tasviri tushib qolganini ko‘rish mumkin. Radioaktivlik hodisasini Bekkerel ana shu yo‘l bilan topgan. Bekkerel kashfiyotidan ko‘p oʻtmasdan bunday ko‘zga ko‘rinmas nurlami boshqa moddalar ham chiqarishi aniqlangan. Barcha bunday moddalar radioaktiv moddalar deb, moddalarning bunday nurlar chiqarish xususiyati esa radioaktivlik deb atala boshlandi. Radioaktivlik hodisasini o‘rganish sohasida fransuz olimlari Mariya Sklodovskaya-Kyuri va Pyer Kyurilaming xizmati katta bo‘ldi. Ular bir necha tonna uran rudasini qayta ishlab, fanga maʼlum bo‘lmagan metallning bir grammiga yaqin miqdorini ajratib olishgan. Bu metallning radioaktivligi uranning radioaktivligidan bir necha million marta ortiq ekanligi aniqlandi. Olimlar bu metallni radiy deb atashgan (radiy — nurli demakdir, lotincha radius — nur so‘zidan olingan). Olimlar radioaktiv parchalanish jarayoniga tabiatdagi qanday kuchlar taʼsir eta oladi (uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi) degan savolga javob izlay boshladilar. Izchil tekshirishlar natijalaridan maʼlum bo‘ldiki, juda yuqori yoki juda past harorat, kuchli elektr va magnit maydonlari, yuqori bosim va tezlanishlar, kuchli kimyoviy reaktivlar ham radiyning parchalanish jarayoniga taʼsir eta olmasligini ko‘rsatdi. Pyer va Mariya Kyurilar radiy donachasini magnit maydoniga qo‘yib, bir jinsli boʻlgan radioaktiv nurlar dastasini maydon taʼsirida ikki dastaga ajralishini payqadilar. Bu dastalardan birida radioaktiv zarrachalar oldingi yo‘nalishda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanadi, ikkinchisida esa bir tomonga og‘ib, o‘z yo‘lini o‘zgartiradi. Nurlarning og‘ish yo‘nalishi va burchagiga qarab, og‘uvchi nurlar manfiy zarralar oqimi ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Juda sinchiklab tekshirishlar natijasi bu nurlarning elektronlar ekanligini ko‘rsatdi. Uchib chiqayotgan elektronlaming tezliklari turlicha bo‘lib chiqdi. Magnit maydon taʼsirida og‘uvchi dastada tezliklari yorug‘lik tezligiga yaqin tezlik bilan harakatlanuvchi elektronlar ham uchraydi, Radioaktiv nurlarning magnit maydonida og‘maydigan qismi qanday tabiatga ega ekanligini aniqlashgina qoldi. Ingliz fizigi Ernest Rezerford bu masalani hal qilishga kirishdi. U Pyer va Mariya Kyurilar tajribasini kuchli magnit maydonida oʻtkazishga ahd qiladi. E.Rezerford tajribasida radioaktiv nurlarning Pyer va Mariya Kyurilar tajribasidagi magnit maydon taʼsirida og‘maydigan qismi kuchli magnit maydonda ikkita dastaga ajralishi kuzatildi. Bu dastalardan biri magnit maydon taʼsirida mutlaqo og‘may, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab boradi, ikkinchisi esa elektronlaming og‘ish yo‘nalishiga qarama-qarshi tomonga biroz og‘adi. Rezerford o‘z tajribasi natijalarini tahlil qilib, radioaktiv nurlaming bu qismi musbat zaryadlangan zarrachalar oqimidan iborat degan xulosaga keladi.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling