Federatsiya- Federatsiya-Federation
Federatsiya – (lotincha “Foederate” – ittifoq bo‘lib mustahkamlash – davlat tuzilishi shakllaridan biri. Federativ davlatlar murakkab tuzilishga ega davlatlar deb ham yuritiladi. Federativ davlat, odatda davlatlarning o‘z siyosiy mustaqilligini ixtiyoriy ravishda va muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi natijasida yuzaga keladi.
Federatsiyaga hos belgilar:
1. Federatsiya xududi, uning sub’ektlari, yangi tarkibiy qismlari ba’zi davlatlarda shtatlardan (AQSH, Meksika, Braziliya) ba’zilarida kanton va yarim kantonlaridan (SHveysariya) iborat bo‘ladi.
Federatsiya sub’ektlari o‘z konstitutsiyasini qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi, lekin ba’zi
federativ davlatlarda (Xindiston) sub’ektlar o‘zlarining mustaqil konstitutsiyasiga ega emas. Federatsiya boshqa ko‘pgina a’lomatlariga ko‘ra boshqa tuzilmalardan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |