Unitar davlat - (fransuzcha “Unitaire”, lotincha “Unitar” – birlik, yaxlit, birlashgan, bir butunni tashkil qiluvchi) – tashkil qilish qismlari davlat maqomiga ega bo‘lmaydigan davlat. Bunday davlatda konstitutsiya, yagona fuqarolik, oliy qonun chiqaruvchi, yagona boshqaruv va sud organlari mavjud bo‘ladi. Unitar davlatning u yoki bu qismida faoliyat ko‘rsatayotgan davlat organlari maxalliy davlat organlari hisoblanadi. Unitar davlat ma’muriy-xududiy birliklarining chegalari markaziy organlar tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida o‘zgartiriladi va buning uchun mahalliy davlat organlari yoki aholining roziligi talab qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |