Ma’lumotlar banki – ma’lumotlar bazasi, MBBT, shuningdek, ma’lumotlar bazasida amalga oshirilgan texnik vositalar majmui.
Malumotlar modeli – axborotlarni ifodalovchi vositalar majmui.
Ma’lumotlarni kiritish – ma’lumotni qayta ishlash yoki masalani yechish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni va dasturni kompyuter xotirasiga kiritish.
Ma’lumotlarni kodlash – cheklangan to’plam element-laridan belgilangan tartib bo’yicha ma’lumotlarni tuzish jarayoni.
Ma’lumotlarni tartiblash – ma’lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga keltirish jarayoni.
Ma’lumotlarni uzatish – formal ko’rinishda ifoda-langan (belgilar yoki uzluksiz funktsiyalar ko’rinishida) va EHM yordamida qayta ishlashga mo’ljallangan axborotni uzatish masalalarini o’z ichiga oluvchi elektr aloqa sohasi.
Ma’lumotlarni chegirish – axborotlar tizimida ko’rsa-tilgan shartni qanoatlantirmagan elementlarning ma’lumotlar bazasiga kiritmay qoldirish holati.
Ma’lumotlarni chiqarish – axborotni qayd qilish yoki ko’z bilan kuzatish uchun uni hisoblash mashinasidan chetki qurilmalar (masalan, alfavit-raqamli yozish qurilmasi, printer, displey va boshqa)ga uzatish.
Ma’lumotlarning ierarxik bazasi – ma’lumotlarning ierarxik modeliga mos xona yaratilgan ma’lumotlar bazasi.
Ma’lumotlarning ierarxik modeli – ma’lumotlarning daraxtsimon joylashish modeli.
Malumotlarning relyatsion bazasi – ma’lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar bazasi.
Malumotlarning relyatsion modeli – ma’lumotlarning jadval ko’rinishida saqlanishi.
Ma’muriyat tizimlari – tarmoqni boshqaradigan tizimlar.
Maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo’yiladigan hujjatlashtirilgan axborot.
Mahalliy hisoblash tarmog’i – kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollari va boshqalar) ning bog’lanishini ta’minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to’plami.
Do'stlaringiz bilan baham: |