Paketlar – ma’lumotlarning qismlarga bo’linishi.
Paketli virus — bosh qismi paketli faylda joylshgan virus.
Parol bilan arxivlash – begona foydalanuvchilar ochmasliklari uchun faylga parol qo’yib arxivlash.
Plastik karta – shaxsiy to’lov vositasi bo’lib, u mazkur vositadan foydalanadigan shaxsga tovar va xizmatlarni naqdsiz pulini to’lash, bundan tashqari bank muassasalari va bankomatlardan naqd pulni olishga imkon beradi.
Port – xabarlarni jo’natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan va, odatda, 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur.
Privivka — faylda viruslarnikidek iz qoldiruvchi dastur.
Provayder – kompyuterlarning tarmoqqa ulanish va axborot almashishini tashkil qiladigan tashkilot.
Revizor dasturlar – dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni xotiraga olib, so’ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradigan va mos kelmagan hollarda foydalanuvchiga ma’lum qiladigan virusga qarshi dasturlar.
Rezident virus — operativ xotirada saqlanadigan virus.
Rekvizit – axborotning moddiy tarkibiy birligi bo’lib, ma’no darajasida bo’linmaydi, muammo sohasining miqdoriy yoki mazmuniy ta’rifini aks ettiradi.
Robot – antronomorf (insonga o’xshash) harakatlar qiluvchi mashina.
Sahifa (sayt) – grafika va multimedia elementlari joylashtirilgan gipermedia hujjatlari ko’rinishidagi mantiqan butun axborot.
Selektsiya – tegishli manzillardagi axborotlarni saralash.
Server – tarmoq ishini ta’minlovchi va so’rovga ishlov beruvchi maxsus qurilma yoki kompyuter.
Servis dasturiy ta’minoti – bu foydalanuvchiga kompyuter bilan ishlashda qo’shimcha hizmatlar taqdim etuvchi va operatsion tizimlar imkoniyatlarini oshiruvchi dasturiy mahsulotlar turkumidan iborat bo’lib, qobiqlar, utilitalar, antivirus dasturlari kabi guruhlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |