Tashkilotdagi standart protseduralar – turli vaziyat-larda topshiriqlarni bajarishning aniq belgilangan qoidalari.
Taqribiy hisoblash – ma’lumotlar va natija (yoki hech bo’lmaganda natijaning o’zi) mos kattaliklarning haqiqiy qiymatlarini faqat taqribiy ifodalangan sonlardan iborat bo’ladigan qilib hisoblash.
Taqsimlangan malumotlar bazasi – bir axborot tizi-mida foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar baza-larining turli joylardagi kompyuterlarda saqlanishi.
Tashqi xotira – bitta yoki bir nechta dasturni bajarishda hisoblash tizimi tarkibidagi juda katta hajmli axborotni uzoq muddat saqlash va undan bir necha marta foydalanish uchun mo’ljallangan xotira qurilmalarining kompleksi.
Tashqi xotira qurilmasi (masalan, vinchester, fleshka, CD va DVD disklar va boshqa) – u juda katta sig’imli (odatda u megabayt, gegabayt yoki terabaytlar bilan o’lchanadi) qurilma bo’lib, dastlabki ma’lumotlarni, hisoblash natijalarini, spravochnik ma’lumotlarini va boshqa ma’lumotlarni uzoq vaqt saqlash, ulardan takror foydalanish uchun mo’ljallangan.
Telekommunikatsiya – bu kompyuter tarmoqlari va zamo-naviy texnik aloqa vositalari negizida ma’lumotlarni masofadan uzatishdir.
Terminal – hisoblash tizimiga axborotni kiritish va undan axborotni chiqarish uchun qo’llaniladigan chetki qurilma.
Teskari alaqa – to’g’ri kanaldagi ma’lumotlarni uzatish xarakteriga teskari kanal orqali ta’sir etish.
Texnik ta’minot – avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining elementi bo’lib, axborot tizimi ishi uchun mo’ljallangan texnik vositalar kompleksi, shuningdek, ushbu vositalar va texnik jarayonlarga tegishli hujjatlardir.
Texnologiya – san’at, mahorat, bilish degan ma’nolarni bildiradi (bu esa jarayondan boshqa narsa emas), ya’ni mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladigan xom-ashyo, material yoki yarim tayyor mahsulot shakli, xususiyati, holatining o’zgarishi, uni qayta ishlash, tayyorlash usullarining majmui bo’lib, bu biror bir ishni yuqori darajada uddalash degani.
Do'stlaringiz bilan baham: |