Tijorat axboroti – egasining ruxsati va shartlari bilan tarqatilishi va savdo–sotiq jarayonlarida ishtirok etilishi mumkin bo’lgan axborot.
Tizim (sistema) – yagona maqsad yo’lida bir vaqtning o’zi-da ham yaxlit, ham o’zaro bog’langan tarzda faoliyat ko’rsa-tadigan bir necha turdagi elementlar, qismlar majmui.
Tizimli dasturiy ta’minot – bu operatsion tizimlar, servis dasturlar, dasturlashtirish tillari translyator-lari, texnik xizmat dasturlari bo’lib, kompyuterda ax-borotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi.
Tizimni boshqarish – tizimni tashkil etuvchi element-larga nisbatan amalga oshiriladigan maqsadga yo’nalti-rilgan ta’sir.
Tizimni himoyalash – tizim dasturlari va ma’lumotlari-ga ruxsatsiz kirishdan yoki uning ishiga tasodifan ara-lashishdan saqlovchi chora–tadbirlarni o’tkazish jarayoni.
Trafik – tarmoqda uzatiladigan xabarlar oqimi.
Tuzilgan arxiv faylni tekshirib ko’rish – arxiv fayl-ning zararlangan yoki zararlanmaganligini hamda zararla-nish darajasini maxsus buyruq yordamida tekshirish.
Tuzilish – tizimning tarkibiy qismlarga bo’linishida namoyon bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, harakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasida aloqaning qurilishi va tashkil qilinishi.
To’siqlash – foydalaniladigan zaxiralarga murojaat qilish ustidan nazoratni tashkillashtirish.
Uzoqlashgan terminal – markaziy kompyuterdan uni bevosita ulash imkoniyatini istisno etadigan masofada uzoqda joylashgan kiritish-chiqarish qurilmasi.
Uskunaviy dastur vositalari – ma’lum bir yo’nalish-dagi masalalarni yechishga mo’ljallangan dastur qobiqlari.
Fag — zararlangan fayldan viruslarni chiqarib tashlab, faylna oldingi holatiga qataruvchi dastur.
Fayl – xotira qurilmalarida saqlanuvchi ma’lumotlar-ning bir qismi, boshqacha aytganda, ma’lum bir ma’lumot saqlanuvchi diskning nomlangan sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |