Elektron tijorat – bu tadbirkorlik faoliyatining bir turi bo’lib, sotuvchi va xaridor o’rtasidagi shartnomalar hamda xizmatlar axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi; uning turlari: biznes-biznesga (B2B), V is-te’molchiga (B2C), V ma’muriyatga (V2A), S2A, S2S, S2V.
Elektron to’lovlar tizimi – bu bank plastik kartalari-ni to’lov vositasi sifatida qo’llanilishidagi usullar va ularni amalga oshiruvchi sub’ektlar majmuasi.
Elektron hisoblash mashinasi (EHM) – bu hisoblash va axborot vazifalarini hal etish jarayonida axborotni avtomatik qayta ishlash uchun mo’ljallangan texnik vositalar kompleksidir.
Energetik zaxiralar – energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko’mir, neft mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektroenergiya va hokazolar.
Yaxlitlik — boshlang’ich ko’rinishda bo’lishligi va ruxsatsiz o’zgartirishlar qilinmaganligi kafolati.
O’qitishni takomillashtiruvchi dastur vositalari – mutaxassislar rypyhi tomonidan ishlab chiqilgan va predmetdagi tegishli mavzular bo’yicha dars jarayonini tashkil qilishga imkon beradigan dasturlar.
Qaror qabul qilish – vaziyatni tahlil qilish, maqsad-larni aniqlash, bu maqsadga erishish dasturini ishlab chiqishga asoslangan boshqaruv ob’ektiga aniq maqsadga qaratilgan ta’sir etish hatti-harakati.
Hisoblash markazi – EHM yordamida turli xil axborotni yig’ish, saqlash va qayta ishlash bilan, shuningdek, turli xil masalalarni yechish usullarini, EHMning matematik ta’minotini ishlab chiqish hamda tekshirish, hisoblash ishlarini tashkil etish va boshqa ishlar bilan shug’ullanuvchi tashkilot.
Hisoblash mashinasi - axborotlarni qayta ishlash (hisob) jaryonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish-ga mo’ljallangan qurilma yoki qurilmalar majmui.
Hisoblash texnikasi – hisoblash jarayonlarini hamda axborot-mantiqiy masalalarni yechishni mexanizatsiya-lashtirish va avtomatlashtirish vositalari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |