Intellektual tizimlar – insonning mantiqiy fikr-lash usulini qo’llagan holda masalani yechadigan tizimlar.
Internet (Internet) – xuddi shu nomdagi jamiyat tomonidan tuzilgan xalqaro axborot tarmoqlarining global tarmog’i bo’lib, u minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog’idir.
Internetning axborotli qismi – internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audioyozuv, videotasvir va hokazo ko’rinishidagi axborot-lar majmui.
Internetning dasturiy taminoti – tarmoqqa ulangan kompyuterlar va tarmoq, vositalarini yagona standart asosida muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash hamda tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar majmui.
Internetning texnik tarkibiy qismi – turli rusumdagi kompyuterlar, aloqa kanallari, tarmoq texnik vositalari majmui.
Interfeys – foydalanuvchining tili; xotiradagi axbo-rotlar va foydalanuvchining qulay muloqotini ta’min-laydigan dasturiy imkoniyat; foydalanuvchining bilimini belgilaydi.
Intranet – internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar bazasi va elektron jadvallar bilan jamoa bo’lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi kompyuter tarmog’i.
Informatika – ilmiy axborotning tuzilishi va umumiy xossalarini, shuningdek axborotni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, almashtirish, tarqatish va inson faoliyati-ning turli sohalarida foydalanish bilan bog’liq masala-larni o’rgatuvchi fan sohasi bo’lib, uning asosiy vazifasi – davlat boshqaruv organlarining, sanoat va tadbirkorlik hamda boshqa sohalardagi axborot ehtiyojlarini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir.
Itologiya – axborot texnologiyalari to’g’risidagi fan bo’lib, uning predmeti - axborot texnologiyalari, shuningdek, ularni yaratish va qo’llash bilan bog’liq bo’lgan jarayonlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |