Kodlashtirish tizimi – belgilar va kodlash tartiblari yig’indisi.
Kommunikatsion tizimlar – tarmoqdagi kompyuterlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlash va bog’lanishlarni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradigan tizimlar.
Kompleks himoya tizimi — huquqiy, tashkiliy, muhandis – texnik va dasturiy – matematik elementlari mavjud bo’lgan himoya tizimi
Kompyuter (ingl. Computer) – hisoblovchi, uning tur-lari: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan; uning guruhlari: super kompyuter-lar (Super Computer); katta kompyuterlar (Manframe Computer); mini kompyuterlar (Minicomputer); shaxsiy kompyuterlar (PC - Personal Computer); bloknot kompyu-terlar (Notebook).
Kompyuter virusi – bu o’lchami katta bo’lmagan dastur yoki dastur kodidan iborat bo’lib, kompyuterda turli noxush amallarni bajarishga, masalan, boshqa dastur, hujjat yoki axborot tashish vositasining ma’lum bir qismiga o’rna-shib olib, ruxsat berilmagan o’zgartirishni amalga oshi-rishga mo’ljallab yozilgan dastur; uning asosiy turlari: dastur viruslari; yuklanuvchi viruslar; makroviruslar.
Kompyuter dasturi – kompyuter instruktsiyalarining ketma-ketligi.
Kompyuter grafikasi – bu EHM yordamida ob’ektlar modellari va ularning tasvirlarini yaratish, saqlash va qayta ishlash demakdir.
Kompyuter konferentsiyasi – muayyan muammoni hal qilayotgan guruh ishtirokchilarining kompyuter tarmog’i orqali axborot almashinuvi.
Kompyuter tarmoqlari – kompyuterlarda o’zaro axborot almashish imkoniyatini beruvchi qurilmalar majmui.
Kompyuterli modellashtirish – hodisa va jarayonlar-ning modelini kompyuterda ko’rish va o’rganish.
Konfidentsial axborot – maxfiy axborot darajasiga ega bo’lgan yopiq axborot.
Kontsentrator (HUB) – tarmoqda kompyuterlarni o’zaro axborot almashinuvini ta’minlovchi maxsus qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |