Matnli protsessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berish uchun mo’ljallangan amaliy dasturiy mahsulot turi.
Maqsad – intilish predmeti, oldindan mo’ljallangan yakuniy g’oya, tizim harakatining kutilgan natijasi, tizim nima uchun faoliyat yuritayotganini belgilaydi.
Mahalliy tarmoq – bir tashkilot yoki ishlab chiqarish birlashmasi doirasida kompyuterlarni o’zida mujassam-lashtirgan tarmoq.
Ma’lumotlar bazasi (MB) – ob’ektlarning muayyan sinflarini tavsiflovchi axborot massivlarining majmui; kompyuterning uzoq, muddatli xotirasida saqlanayotgan berilganlar va ular ustida aniq, amallarni bajarishga imkon beradigan ma’lumotlar yig’indisi.
Malumotlar bazasidagi doimiy ma’lumotlar – ma’lumotlar bazasining uzoq, muddat o’zgarmay qoladigan elementlari.
Malumotlar bazasidagi o’zgaruvchan ma’lumotlar – ma’lumotlar bazasining qiymati tez-tez o’zgartirib turadigan elementlari.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma’lumotlar bazasini yaratish va uni dolzarb holatda saqlab turishni amalga oshiradigan, shuningdek, turli foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotlardan o’z maqsadlari uchun foydalanish imkoniyat-larini ta’minlaydigan dasturlar majmui; ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus yaratilgan dastur.
Ma’lumotlar bazasini boshqarishning relyatsion tizimi – ma’lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning ierarxik tizimi – ma’lumotlarning ierarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Malumotlar bazasini boshqarishning tarmoqli tizimi – ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar bazasini yaratish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |