Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma’lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilar.
Mijoz – server resurslaridan va xizmatidan foydala-nuvchi ish stantsiyasi, kompyuter yoki dastur.
«Mizoj-server» modellari – tarmoqdagi kompyuterlar-ning o’zaro aloqa qilish texnologiyasi.
Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respub-lika miqyosidagi kompyuterlarni o’zida mujassamlash-tirgan tarmoq.
Model (lot. o’lchov, namuna, me’yor) – biror ob’ekt yoki ob’ektlar tizimining obrazi, namunasi yoki xususiyat-larining belgilangan guruhi.
Modellashtirish – bilish ob’ektlarini ularning modellari yordamida tadqiq qilish, mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o’rganish.
Modem – bu modulyatsiya va demodulyatsiya so’zlaridan olin-gan bo’lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beruvchi maxsus elektron qurilma.
Moddiy zaxiralar – ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan mehnat resurslari yig’indisidir, masalan, xom-ashyo materiallar, yoqilg’i energiya, yarim tayyor mahsulotlar, detallar va hokazolar.
Moliyaviy zaxiralar – davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo’lgan pul mablag’lari.
Monitor (lot. eslatuvchi, tasvirlovchi) – axborotni kineskop ekranida sifatli aks ettirish uchun qo’llani-ladigan qurilma.
Multimedia (multimedia - ko’pvositalilik) – kompyu-terning axborotlarni rangli grafika, matn va grafikda dinamik effektlar, ovozlarning chiqishi va sintezlangan musiqalar, animatsiya, shuningdek to’laqonli videokliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.
Multimedia vositalari – bu insonga o’zi uchun tabiiy muhit: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalardan foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo’lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |