Multimedia-texnologiya – kompyuter bilan matnli, grafik, audio va video axborot almashinuvini dasturiy-texnik tashkil etish.
Nomashinaviy axborotlar bazasi – me’yoriy-ma’lumot-noma, rejali (ya’ni shartli-doimiy) axborotlar va ayrim muammo sohasining tezkor (hisobli) axboroti.
Norezident virus — to’laligicha bajarilayotgan fayl ichida saqlanadigan, maqsadga erishgandan so’ng operativ xotirada saqlanmaydiga virus
Normallashtirish – ierarxik yoki tarmoqli tuzilishga ega bo’lgan ma’lumotlarni relyatsion ko’rinishga o’tkazish jarayoni.
Ob’ekt – o’ziga o’xshash narsalardan ajralib turadigan alohida olingan predmet.
Obekt nusxasi – ob’ektlar to’plamidan olingan muayyan ob’ekt.
Obektlar to’plami – ob’ektlar guruhi.
Ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar.
Operatsion tizim – kompyuter qurilmalarining boshqariladigan kompyuter dasturlari majmui; bu EHM zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuv-chining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig’indisidir.
Operatsiya (amal) – hisoblash mashinasi berilgan kattaliklar ustida dasturning biror komandasi bo’yicha bajariladigan qandaydir amal; bir ish joyida bajariladigan muayyan harakatlar majmui.
Optik tolali kabel – mahalliy hisoblash tarmog’ida foydalaniladigan eng yangi texnologiya bo’lib, bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq tomonidan o’zgartiriladi va signal shaklini oladi.
Optimal boshqarish – eng kam vaqt va mehnat yoki eng kam miqdordagi narsa va energiya sarflagan holda tizimni bir holatdan boshqa yangi holatga o’tkazish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |