Signal kodi – xabar mazmunini ifodalovchi sonlar majmui.
Sonli malumot – ixtiyoriy sondan iborat ma’lumot turi.
Standart dasturlar kutubxonasi – oldindan tayyorlan-gan va kompyuter xotirasida saqlanadigan maxsus qism-dasturlar to’plami.
Stenografiya – axborotni shifrlash yo’li bilan unga ruxsatsiz kirishlarga to’siq qo’yish hamda maxfiy axborotning mavjudligini yashirish usuli.
Sun’iy tillar – tabiiy tillardan farq qilib, xalqaro munosabatlar uchun maqsadga yo’naltirilgan holda konst-ruktsiyalanuvchi, axborotni EHM yordamida avtomatik qayta ishlash – dasturlashtirish tillari, fan va texnikaning ma’lum sohasidagi axborotni yozish (axborot tili) va bosh-qa tillarni (esperanto, interling kabi) o’z ichiga oladi.
Suniy intellekt – insonning ba’zi intellektual fao-liyatini, mantiqiy, analitik tafakkurini modellash-tiruvchi kibernetik tizimlarning shartli belgisi bo’lib, aqliy hatti-harakatlarga nisbatan kompyuter tizimining qobiliyati tushuniladi.
Tabiiy zaxiralar – kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalaniladigan tabiat ob’ektlari, sharoitlari.
Takrorlanadigan guruhlar – ma’lumotlar bazasidagi ob’ektning har xil hajmdagi axborotga ega elementlari.
Tarmoqlararo ekran — umumiy tarmoqni ikki qismga ajratib, tarmoqlararo himoya vazifasini o’tovchi va ma’lumotlarni chegaradan o’tish shartlarini amalga oshiradigan qoidalar to’plamini o’zida saqlovchi tizim.
Tarmoqli virus — kompyuter tarmoqlarida tarqaluvchi virus.
Tarmoqning axborot ashyolari – arxiv, kutubxona, fond-lar, ma’lumotlar bazasi va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig’indisi.
Tashkilot – umumiy maqsadlar yo’lida birlashgan va umumiy moddiy hamda moliyaviy vositalardan moddiy va axborot mahsulotlarini hamda xizmatlarini ishlab chiqarish uchun foydalanadagan odamlar hamjamiyati yoki rasmiy ijtimoiy tuzilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |