Xotira qurilmasi – EHMning bir qismi yoki avtomatik rostlash va boshqarish tizimlarida, telemexanikada, dastur bilan boshqariluvchi agregatlarda asosan kod shaklida berilgan axborotni yozish, saqlash va eshittirish uchun qo’llaniladigan mustaqil qurilma.
SHaxsiy kompyuter – bu hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro-EHMdir.
SHifr – elementlari va kodlash tartibi cheklangan shaxslargagina ma’lum bo’lgan kod.
SHifrlangan ma’lumot – kriptografik himoya usuli qo’llanilgan ma’lumot.
SHifrlash – ma’lumotlarni maxsus algoritm bo’yicha o’zgartirib, shifrlangan matnni yaratish jarayoni.
SHlyuz – bayonnomani bir turdagi muhitdan ikkinchi turdagi muhitga o’tkazuvchi tarmoq qurilmasi.
Ekspert – bu, aniq muammo sohada samarali yechim va qarorlarni topa oluvchi mutaxassis.
Ekspert tizimlar – bu ayrim mavzu sohalarida bilimlarni to’plash va qo’llash, uyushtirish usullari hamda vositalari majmui bo’lib, xulosa chiqarish qoida va mexanizmlari yig’indisiga ega bo’lgan bilimlar bazasini o’z ichiga olgan suniy intellekt tizimidir.
Elektron aloqa – axborot tarmoqlari orqali foydala-nuvchilarga xatlarni yetkazishni ta’minlashning muhim tarmoqli ko’rinishi.
Elektron ofis – muammo soha vazifalarini kompleks amalga oshirishni ta’minlovchi, ixtisoslashtirilgan dasturlar va axborot texnologiyalarini o’zi ishlab chiqara oluvchi amaliy dasturlarning integratsiyalangan loyiha-lari mavjudligini ko’zda tutadi.
Elektron pochta (E-mail) – kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo’lib, foydalanuvchiga tarmoq bo’ylab o’zining sheriklariga xabar yuborish, olish va saqlash imkoniyatini beradi.
Elektron savdo – bu global axborot tarmoqlari orqali mahsulotlarni sotish va pulli xizmatlar ko’rsatish bo’lib, uning asosiy turlari: axborotlar sotuvi; elektron do’konlar; elektron banklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |