Hisoblash tarmog’i – uzatish kanallari orqali o’zaro bog’langan kompyuterlar majmui.
Hisoblash tizimi – hisoblash texnikasi majmui bo’lib, unga kamida ikkita asosiy protsessor yoki hisoblash mashinasi va tashqi qurilmalar (ma’lumotlarni kiritish-chiqarish, tashqi xotira qurilmalari, ichki va tashqi aloqa qurilmalari va boshqalar)ning rivojlangan sistemasi kiradi.
Hisoblash – mantiqiy tizimlari – boshlang’ich ma’lu-motlar asosida boshqarishning ilmiy masalalarini reja-lashtirish va loyihalashtirish masalalarini hal qilish imkonini beradigan tizimlar.
Hujjat – bu ma’lum bir qoidaga ko’ra rasmiylash-tirilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan qog’oz, ovoz yoki elektron shaklida aks ettirilgan axborot yoki mustaqil ahamiyatga ega axborotlarning tarkibiy birligi.
Hujjat aylanishi – hujjatlarni yaratish, izohlash, uzatish, qabul qilish va arxivlashtirish, shuningdek ularning ijrosini nazorat qilish hamda ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash tizimidir.
Hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo’yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot.
Do'stlaringiz bilan baham: |