Axborot jamiyati – ko’pchilik ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborot zaxiralari (resurslari) – bu alohida hujjat va alohida hujjatlar to’plami, axborot tizimlari (kutub-xona, arxiv, fond, ma’lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlari) dagi hujjatlar va hujjatlar to’plamidir.
Axborot izlash tizimi – kerakli axborotni saqlash, izlash va kerak bo’lganda berish (chiqarish) uchun ishlatiladigan vositalar to’plami.
Axborot madaniyati – axborot bilan ishlashni, uni olish, qayta ishlash va uzatish uchun axborot tizimlari va texnologiyalaridan foydalanishni bilish orqali inson faoliyatining barcha jabhalariga oid boy bilimlar, ishonchli axborotlardan to’liq va o’z vaqtida foydalanish-ni ta’minlashga qaratilgan kompleks chora tadbirlarni joylarda tadbiq etishni anglatadi.
Axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Axborot nazariyasi – kibernetika sohasi, matematika-ning axborotni saqlash, qayta ishlash va uzatish jarayon-larini o’rganuvchi bo’limi.
Axborot sohasi – sub’ektlarning axborotni yaratish, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi.
Axborot ta’minoti – avtomatlashtirilgan axborot ti-zimining eng muhim elementi sifatida boshqarilayotgan ob’ektning holatini ta’riflovchi va boshqaruv qarorini qabul qilish uchun asos bo’luvchi axborotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan bo’lib, tashkilotda aylanib yuruvchi axborotlarni tashkil etish shakli, joylashtirilish haj-mi (axborotni tavsiflash va kodlashtirish, hujjatlarni unifikatsiyalashgan tizimi, axborot oqimlarining yagona tizimi) bo’yicha loyiha qarorlarining shuningdek, ma’lumotlar bazasi tuzilishi uslubining majmuidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |