Glossariy axborot infratuzilmasi
Download 25.58 Kb.
|
Glossariy axborot infratuzilmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Istemol
- Istemol tovarlari
- Ishlab chiqarish infratuzilmasi
- Ishsizlik
Inson huquqlari – kishilarning yashash va faollashib borishi uchun ularga berilgan huquqlardir.
Institutsional siyosat - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo‘qotish, mavjudlarini transformatsiyalash bo‘yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar, hatti-harakatlar. Iste'mol – ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonining oxirgi fazasi, ijtimoiy mahsulotdan aholini iqtisodiy talablarini qondirish jarayoni. Iste'mol krediti – markaziy bank tomonidan barqarorlik davrida qo‘llaniladigan pul siyosati dastagi. U banklar va boshqa maxsus kredit institutlari tomonidan aholining uzoq muddatli iste'mol tovarlarini sotib olish uchun beriladigan kredit. Iste'mol tovarlari – inson ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan iste'mol buyumlarining tovar shakli; pulga sotib olib, iste'mol etiladigan moddiy mahsulotlar va har xil xizmatlar. Ish bilan band bo‘lgan jami aholi – ishchi kuchi (iqtisodiy faol aholi)ning ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan qismi. Ishlab chiqarish – ma'lum davrda alohida xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tarmoqlar va iqtisodiy sektorlar tomonidan ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymati. Ishlab chiqarish infratuzilmasi – ishlab chiqarishning rivojlanishi uchun tashqi shart-sharoitlarni ta'minlovchi tarmoqlar majmui bo‘lib, o‘z ichiga temir va avtomobil yo‘llari, elektr, gaz va suv ta'minoti, aloqa kommunikatsiyalari, ombor xo‘jaligi va boshqalarni oladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash – ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma'naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oluvchi jarayon. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‘nalish va vositalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. Ishsizlik – iqtisodiy jihatdan faol aholining bir qismi o‘z kuchini qo‘llay olmay «ortiqcha» bo‘lib, mehnat zaxirasi bo‘lib qolish hodisasi. Download 25.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling