Glossariy Nomoddiy madaniy meros tushunchasi
Download 13.28 Kb.
|
глоссарий
- Bu sahifa navigatsiya:
- Folklorshunoslik
- Totem
- Axuramazda
- Topishmoqlar
- Ertak
- Baxshilar
Glossariy Nomoddiy madaniy meros tushunchasi - tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zgacha madaniy qimmatga ega bo’lgan urf-odatlar, xalq ijodiyoti (so’z, raqs, musiqa, tomosha san’ati), o’ziga xoslikni ifodalash shaklllari, bilimlar va ko’nikmalarni, shuningdek, ular bilan bog’liq jihozlar, predmetlar, artafektlar va madaniy makonlarni aks ettiradi. Folklorshunoslik - Xalq og`zaki badiiy ijodini o`rganuvchi fan. Anonimlik - xalq og`zaki ijodi asarlarini yaratgan dastlabki muallif nomining ma`lum emasligidir. An`anaviylik - xalq og`zaki badiiy ijodining asrlar davomida hayot tajribasida sinalgan asosiy xususiyatlaridan biridir. Mif - ibtidoiy jamoa a`zolari tomonidan olam va odamning paydo bo`lishi haqida to`qilgan eng qadimgi hikoyalar hisoblanadi. Totemizm - ibtidoiy jamiyatda paydo bo`lgan dinning alohida shakli bo`lib, odamning ko`pincha bir hayvon yoki o`simlik bilan aloqasi borligi haqidagi ishonch - e`tiqodini anglatadi. Totem - ajdodlarimiz qadim zamonlardan topinib kelgan hayvonlar, qushlar, o`simliklar. Ot totemi - tirikchiligi bilan bevosita bog`liq bo`lib, otlarni xonakilashtirish, ulardan ish hayvoni sifatida foydalanish davomida yuzaga kelgan. Fetish - qadimgi ajdodlarimiz topingan jonsiz narsa - predmetlardan iborat bo`lib, quyosh, oy, tog`, suv, non, tandir, supra, o`t (olov), yoy, qilich, raqam, rang-tus, so`z, kitob kabilar turkiy xalqlarda fetish hisoblangan. Axuramazda - yaxshilik, yorug`lik, obodonchilik va ezgulik kuchlarining ma`budidir. Bolalar folklori - kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining uyg`unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o`yinlar, qo`shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan. Maqol- xalq hayotiy tajribalari xulosasini ifodalovchi hikmatli fikrlar majmuasidir. Maqol arabcha qavlun- gapirmoq, aytmoq, so`zidan olingan bo`lib, aytib yuriladigan ifoda va iboralarga nisbatan qo`llanadi. Topishmoqlar - xalq og`zaki ijodining kichik va ommabop hamda xalqaro janrlaridan biri hisoblanadi. Terma - pand – nasihat, axloq - odob, soz va badiy so`z haqida yaratilgan, hayotdagi turli hodisalar, biror shaxs yoki jonivorning ta`rifi yoki tanqidiga bag`ishlangan, baxshilar tomonidan kuylanadigan 10 – 12 misradan 150 – 200 misragacha, ba`zan undan ham ortiq hajmdagi lirik, liro – epik asarlarga aytiladi. Ertak - xalq og`zaki ijodidagi badiiy nasrning eng qadimiy va ommaviy namunasi hisoblanadi. Mifologik afsonalar- ajdodlarimizning qadimgi e`tiqodiy qarashlari tufayli paydo bo`lgan tushunchalar bilan bog`liq afsonalardir Rivoyat - hayotiy voqelarni hayotiy uydirmalar vositasida tasvirlovchi og`zaki ijod janridir. Toponimik rivoyatlar - joy nomi bilan bog`liq bo`lib, hikoya qilingan voqealar o`tgan zamonda sodir bo`ladi. Latifa - og`zaki janrning ma`lum va mashhur janrlaridan biri. Latifa atamasi arabcha «lutf» so`zidan olingan bo`lib, muloyimlik, yaxshi muomala, yaxshilik qilmoq, marhamat ko`rsatmoq, sharaflamoq ma`nolarini anglatadi. Lof - o`zbek xalq nasrining mustaqil janrlaridan biri bo`lib, o`zining tuzilishi, hajv va yumorga asoslanishi bilan latifa va askiya janrlariga yaqin turadi. Doston - o`zbek folklorining keng tarqalgan va yirik janrlaridan biridir. Uning yaratilishi xalqimizning ma`naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-siyosiy kurashlari, axloqiy-estetik qarashlari, adolat va haqqoniyat, ozodlik va tenglik, qahramonlik va vatanparvarlik haqidagi g`oyalari bilan chambarchas bog`liq. Baxshilar - doston ijrochilari sifatida mashhur, iqtidorli, shoirtabiat odamlar. Xalq tomosha san'ati - O‘tmishda xalq san'atkorlari navro‘z bayrami, hosil shodiyonasi, xalq marosimlari, bayramlari va to‘ylari munosabati bilan tomosha berganlar. Ming-minglab odam to‘planadigan sayilgohlar va to‘yxonalarda birga yoki yonma-yon namoyish qilinadigan masxaraboz hamda qiziqchilarning chiqishlari, qo‘g‘irchoq o‘yin, dorbozlik, uloq, poyga, kurash , ko‘z bog‘lash , nayrangbozlik, muallaq, raqs, mavrigixonlik, ayiq, echki, fil, maymun, ilon o‘ynatish, qo‘chqor, xo‘roz, bedana urishtirish va hokazolar shular jumlasidandir. An'ana— tarixiy taraqqiyot jarayonida tabiiy va ijtimoiy ehtiyojlar asosida vujudga keladigan, ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib o‘tadigan, kishilar madaniy hayotiga ta'sir o‘tkazadigan madaniy hodisadir. Urf-odat - o‘ta keng bo‘lib, u o‘z ichiga xalq hayotining barcha tomonini — oddiy kundalik udum, rasm-rusum, irim-sirimlar, o‘zaro-muomala tarzi hamda barcha marosimlarni butunicha qamrab oladi. G`oya – inson tafakkuri maxsuli, milliy g‘oya esa millat tafakkurining maxsulidir. Download 13.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling