Glossariy «Psixodiagnostika»


Download 301.98 Kb.
Pdf просмотр
Sana10.01.2019
Hajmi301.98 Kb.

                                             GLOSSARIY  

 

«Psixodiagnostika»  atamasi  psixologik  tashxis  qo‘yish  degan  ma’noni  anglatib, 



shaxsning ruhiy holatiga oid to‘liq  biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda 

«tashxis»  shaxsning  taraqqiyot  ko‘rsatkichi  va  tavsifnomalarini  birgalikda  tahlil  qilish  asosida 

sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iboratdir.  

  

Psixologik diagnozning 3 bosqichi farqlanadi:  

1)

 

Simptomatik  diagnozda  mavjud  har  qanday  EHM  bajarishi  mumkin  bo‘lgan 

tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.  



2)

 

Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina 

emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.  



3)

 

Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati 

va o‘rni aniqlanadi.  



Test  –  shaxsning  aqliy  taraqqiyoti,  qobiliyati,  irodaviy  sifatlari  va  boshqa  psixik 

xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa standart masalalar.  



Testlashtirish – psixodiagnostika metodlaridan biri bo‘lib, standartlashtirilgan savol va 

topshiriqlar yordamida individual farqlarni o‘rganish, alohida shkalalar bilan o‘lchash.  



Etuklik  testlari  psixodiagnostika  metodlaridan  biri  bo‘lib,  konkret  bilim,  malaka  va 

ko‘nikmalarning  o‘zlashtirish  darajasini  aniqlab  beradi.  Etuklik  testi  uchga  bo‘linadi:  harakat 

testlari,  og‘zaki  va  yozma  testlar.  Harakat  testlari  mexanizmlar,  materiallar,  asboblar  bilan 

ishlash layoqatini aniqlab beradi. 



Intellektual  testlar  –  psixodiagnostika  metodlaridan  biri  bo‘lib,  individning  aqliy 

taraqqiyoti darajasini aniqlab beradi. 



Proektiv  test  motivatsiyaning  anglanilmagan    to‘liq  anglanilmagan  shakllarini 

o‘rganishga  qaratilgan  va  bu  jihati  bilan  inson  psixikasining  tobora  intim  sohasiga  kirishning 

yagona psixologik metodidir. 

«Proektiv» atamasi ilk bor Lourens Fenk tomonidan 1939 yili qo‘llangan. Shuningdek, 

u shaxsni tadqiq etishning proektiv metodlari tasnifini ham keltiradi:  

1.

 



Strukturalash  metodlari  (Rorshaxning  siyoh  dog‘lari  testi,  bulutlar  testi,  uch 

o‘lchamli proektsiya testi). 

2.

 

Konstruktsiyalash metodikalari (MAR, olam testi). 



3.

 

SHarhlash metodikalari (SATO, TAT, Rene Jil’ testi). 



4.

 

To‘ldirish metodikalari (tugallanmagan gaplar, hikoyalar, One assotsiativ testi). 



5.

 

Katapsis metodikalari (psixogramma, proektiv o‘yin).  



6.

 

Ekspressiyani o‘rganish metodikalari (dastxat, muloqot tahlili). 



7.

 

Ijod mahsulini o‘rganish metodikalari (rasmli testlar, yozma ishlar va hokazo). 



Psixodiagnostikaning  sir  saqlash  tamoyili  –  sinaluvchining  ruxsatisiz  olingan 

natijalarni  e’lon  qilmaslik,  bu  birinchi  navbatda  balog‘at  yoshiga  etgan  odamlarga  taalluqlidir. 

Agar  sinaluvchilar  balog‘at  yoshiga  etmaganlar  bo‘lsa  hamda  psixodiagnostik  natijalarni  e’lon 

qilish uchun ota-onalar  bolalar uchun ma’naviy va huquqiy mas’ul bo‘lgan shaxslarning ruxsati 

bo‘lishi shart.  

 Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, 

ishonchlilik talabi qo‘yiladi, ya’ni olingan natijalarga to‘liq ishonch imkonini bersin.  

Ziyon  etkazmaslik  tamoyili  psixologik  tashxis  natijalaridan  hech  qachon  tadqiqotda 

qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslikni bildiradi. 



Xulosalarning  ob’ektivlik  tamoyili  test  o‘tkazayotgan  odamning  sub’ektiv 

ustanovkalarga tobe bo‘lmasligi, test olingan natijalaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan 

bo‘lib, validli va ishonchli metodika yordamida o‘tkazilgan bo‘lishi shart.  

Taklif qilinayotgan tavsiyalarning samaradorlik tamoyilida tavsiyalar albatta taklif 

qilinayotgan  odamga  yordam  berishi  shart.  Test  natijalari  asosida  taklif  qilinayotgan  tavsiyalar 

befoyda  tasodifiy holatlarni keltirib chiqarmasligi kerak. 


 Intellektual testlar shaxsning aqliy  faoliyati rivojlanganlik darajasi  va ularni  alohida 

bilish jarayonlarini (idrok, diqqat, xayol, xotira, nutq) baholashda qo‘llaniladi. 



Shaxs testlari insonning barqaror individual xususiyatlari, xatti-harakatlarini aniqlash, 

bunga:  temperament,  xarakter,  motivatsiya,  emotsiya  va  qobiliyatlarni  aniqlovchi  testlar  kiradi. 

Bundan  tashqari  shaxsda  har  tomonlama,  shaxs  holatini  kompleks  baholash    alohida 

xususiyatining  rivojlanganlik darajasini  baholash testlari  ham  mavjuddir. Bunga Kettell,  MMPI 

testlari va boshqa testlar kiradi. 

Xususiy testlar yordamida shaxsning alohida belgilari, motivlar, emotsiyalar, masalan 

xarakter  aktsentuatsiyasi,  xavotirlik,  lokus  nazorati,  yutuqqa  erishish  motivi,  tajovuzkorlik  va 

boshqalar aniqlanadi. 

Shaxslararo  testlar  har  xil  ijtimoiy  guruhlarda  odamlarning  munosabati  sifatida 

ijtimoiy-psixologik o‘z-o‘zini attestatsiya qilish testi. 



Amaliy  testlar  o‘ziga  topshiriq  va  shakllarni  qamrab  oladi,  bunda  sinaluvchi  aniq 

predmet  materiallari    ularni  almashtiruvchi  materiallar  bilan  ko‘rgazmali-harakatli  reja  asosida 

amaliy ish bajaradi. 

Obrazli testlar obrazlar, surat, rasm, sxema va tasavvurlar bilan mashqlarni o‘z ichiga 

oladi. 


Verbal  testlar  so‘zli  topshiriqlardan  iborat  bo‘lib  tushunchalarni  aniqlash,  xulosa 

chiqarish,  har  xil  so‘zlarning  ma’nosini  anglash  va  taqqoslash  hamda  bu  so‘zlar  bilan  har  xil 

mantiqiy operatsiyalarni bajarishni o‘z ichiga oladi. 

 Blankali  testlarda  test  materiallari  sifatida  har  xil  shakldagi  blankalardan 

foydalaniladi, masalan, rasmlar, sxemalar, jadvallar va savolnomalar. 



Apparaturali  testlar  –  bu  shunday  testlarki,  unda  test  natijalarini  qayta  ishlash  va 

ko‘rsatish  uchun  har  xil  turdagi  apparaturalar  qo‘llaniladi,  masalan,  audio  va  videotexnika, 

elektron hisoblash mashinalari.  

Protsessual  testlar  yordamida  qandaydir  psixologik    xulqiy  jarayon  o‘rganiladi  va 

unga  aniq  miqdoriy  va  sifatiy  tahlil  beriladi,  masalan,  materiallarni  esda  olib  qolish  jarayoni, 

individlarning  guruhda  shaxslararo  hamkorlik  jarayoniga  tahlilini  misol  sifatida  keltirish 

mumkin. 


Yutuqqa  erishish  testlari  kishining  muayyan  bir  faoliyatda,  bilish  sohasining 

qandaydir  bir  turidagi  yutug‘ini  baholashda  qo‘llaniladi,  masalan,  tafakkurning  mantiqiyligi, 

diqqatning barqarorligi, verbal tafakkurning rivojlanganlik darajasi. 

Holatlar  va  xususiyatlar  testlari  shaxs  psixologik  sifatlarining  barqarorligini 

diagnostika  qilish  bilan  bog‘liqdir,  masalan,  shaxs  xislatlari,  temperament  xususiyati, 

qobiliyatlari va boshqalar.  

Proektiv  testlar  maxsus  guruhga  ajratiladi.  Proektiv  test  kishining  u    bu  psixologik 

sifatini  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  emas,  balki  bavosita  baholaydi.  Bunday  baholash  kishining  ko‘p 

ma’noli ob’ektlarni qanday qabul  qilishi va talqin  qilishining analizi  natijasida olinadi.  Bunga: 

surat  syujetining  noaniqligi,  shaklsiz  dog‘lar,  tugallanmagan  jumlalar  va  boshqalar  kiradi. 

Bunday  ob’ektlarni  tahlil  qilish  va  baholashda  kishi  ongsiz  ravishda  o‘z-o‘zining 

«proektsiyasini» ko‘rsatib beradi. 

Bu guruh testlarga Rorshax testi, Tematik Appertseptiv Test (TAT) va boshqalar kiradi. 

 Test  me’yorlari  –  bu  kishilar  taraqqiyotining  o‘rtacha  ko‘rsatkichi.  Har  qanday 

me’yor,  o‘lchov  ham  vaqti  bilan  o‘zgarib  turadi,  chunki  ishlar  davomida  kishilarning  ham 

psixologik  taraqqiyotida  o‘zgarishlar  bo‘ladi,  masalan,  XX  asrning  birinchi  choragida 

kishilarning  intellektual  taraqqiyotiga  qo‘yilgan  me’yorlar,  shu  asrning  oxirgi  choragida 

qo‘yilgan  me’yorlarga  to‘g‘ri  kelmaydi,  chunki  ushbu  yillar  mobaynida  kishilarning  aqliy 

taraqqiyot ko‘rsatkichlari ancha yuqorilagan. 

Bundan  tashqari,  empirik  qoidalar  mavjud,  unga  ko‘ra  kamida  har  besh  yilda  test 

me’yorlari qayta ko‘rib chiqilishi shart, asosan bu intellektual testlarga taalluqlidir. 



Validlik  atamasi  Evropa  tillaridan  olingan  bo‘lib,  u  quyidagi  ma’noni  anglatadi: 

to‘laqonli, yaroqli, mos. Psixodiagnostik metodikaning validlik sifatidagi tavsifi uning aynan 



o‘rganilayotgan  psixologik  xususiyatga  mo‘ljallanganligi  va  ushbu  psixologik  xususiyatni 

baholashga mosligi hamda yaroqliligini ko‘rsatib beradi.  



Metodikaning  validlik  tavsifi  ushbu  metodika  orqali  haqiqatdan  ham  psixologik 

sifatni  o‘lchash  mumkin,  degan  xulosadan  tashqari  uning  qo‘llash  mumkin  bo‘lgan  sohani  va 

uning sharoitlari haqidagi ma’lumotlarni ham o‘ziga qamrab oladi.  

Psixodiagnostik metodikaning validligi haqida mulohaza qilar ekanmiz, validlikning bir 

necha turi bor va ularning har birini alohida ko‘rib chiqish hamda baholash zarurdir. Validlik – 

nazariy, amaliy, empirik, ichki va tashqi bo‘lishi mumkin.  



Nazariy  validlik  –  qo‘llanilgan  metodika  yordamida  olingan  ko‘rsatkichlarni  boshqa 

metodik  vositalardan  olingan  ko‘rsatkichlar  bilan,  ya’ni  ko‘rsatkichlar  orasida  nazariy 

asoslangan  bog‘liqlik  borligi  va  tadqiqot  qilinayotgan  sifat  ko‘rsatkichlari  mosligi  bilan 

aniqlanadi. 



Empirik validlik – sinaluvchining reaktsiyasi va xatti-harakatini kuzatish orqali, uning 

haqqoniy  xulqidagi  diagnostik  ko‘rsatkichlarning  bir-biriga  mosligi  bilan  tekshiriladi.  Agar 

sinaluvchining  xarakterini  qo‘llanilgan  metodika  yordamida  baholasak,  ushbu  odamning 

hayotdagi  xarakter  ko‘rinishining  qo‘llanilgan  metodikadan  olingan  ko‘rsatkichlar  bilan  bir 

xilligini aniqlasak, u holda metodikani empirik va amaliy validli deb hisoblasak bo‘ladi.  

Empirik  validlik  mezonlari  bo‘yicha  metodika  odamlarning  amaliy  faoliyat  natijalari 

hamda haqqoniy hayotiy huquqlarining ko‘rsatkichlarini taqqoslash bilan tekshiriladi.  

Ichki  validlik  –  metodikadagi  topshiriqlar,  subtestlar,  mulohazalarning  umumiy 

maqsadga  mosligini  anglatadi.  Metodikadagi  subtestlar,  topshiriqlar  va  undagi  savollar  qisman  

butunlay  biz  o‘rganayotgan  xususiyatni  o‘lchay  olmasa,  u  holda  ushbu  metodika  ichki  validli 

emas  ichki validlik etarli darajada emas, deb hisoblanadi. 



Tashqi  validlik  –  ham  xuddi  empirik  validlikka  o‘xshash,  undan  farqli  tomoni 

shundaki,  sinaluvchining  xulqiga  taalluqli  asosiy  tashqi  ko‘rinishlarning  ko‘rsatkichlari  bilan 

metodikadagi ko‘rsatkichlarning o‘zaro bog‘liqligiga e’tibor qaratiladi. 

 Metodikaning  ishonchliligi  –  metodika  yordamida  barqaror,  qat’iy  ko‘rsatkichlarni 

olish imkoniyatlari bilan tavsiflanadi.  



 Metodikaning  aniqligi  –  psixodiagnostik  tadqiqot  paytida  biror-bir  xususiyatni 

baholashda  ozgina  o‘zgartirishga  ham  javob  qaytarish  qobiliyatida  namoyon  bo‘ladi. 

Metodikaning  aniqligini  texnik  o‘lchov  asbob-uskunalarning  aniqligi  bilan  izohlash  mumkin. 

Masalan:  santimetrga  bo‘lingan  metrdan  ko‘ra,  millimetrga  bo‘lingan  chizg‘ich  bilan  aniqroq 

o‘lchash mumkin.  

 

Diqqat – ongning muayyan ob’yektga yo’naltirilishi va to’planishi. 



Assosiasiya  –  ongimizdagi  avvalgi  turmush  tajribalari  bilan  belgilanadigan 

tasavvurlar bog’lanishi. 



Xotira  –  o’tmish  tajribannig  esda  olib  qolinishi,  saqlanishi  va  qayta  esga 

tushirilishidan iborat psixik jarayon. 



Idrok – predmet va hodisalarni yaxlit bir butun holda aks ettirish. 

Konstantlik  –  predmetlarning  fazodagi  vaziyati  o’zgargani  holda  idrok 

obrazlarining o’zgarmay qolishi. 



Illyuziya – fazodagi ob’yektlarni noto’g’ri idrok qilish. 

Adaptatsiya  –  qo’zg’atuvchining  davomli  ta’siriga  analizatorning 

moslashishi. 



Idrokning yaxlitligi – idrok obrazlarining bir butun holda aks ettirilishi. 

Predmetlilik – tashqi olamdagi ob’yektlarni uni o’ziga tenglashtirish. 

Psixofizika  –  psixologiya  va  fizika  oralig’ida  tashkil  topgan  umumiy 

psixolgiyaning klassik bo’limlaridan biri. 



Psixofizik muammo – psixikaning tabiatdagi o’rnini aniqlash. 

Psixofizik  qonun  –  sezgirlik  kuchining  qo’zg’atuvchining  kuchiga 

bog’liqligi. 



Absolyut  chegara  –  qo’zg’atuvchining  sezgi  hosil  qiladigan  eng  yuqori  va 

eng kichik kuchi.  



Farq qilish chegarasi – ikkita qo’zg’atuvchi kuchi o’rtasidagi minimal farq. 

Minimal  o’zgaruvchilar  metodi  –  farq  qilish  yoki  absolyut  chegarani 

o’rganish metodi. 



Tafakkur  –  voqelikdagi  predmet  va  hodisalarni  aniq, to’liq, umumlashtirib 

vositali yo’l bilan aks ettirish usuli. 



Nutq – kishilar o’rtasidagi aloqa jarayonida tildan foydalanish. 

Analiz – bir butun predmet va hodisalarni tarkibiy qismlarga bo’lish. 

Sintez – alohida tarkibiy qismlarni  bir butun qilib birlashtirish. 

Umumlashtirish  –  predmet  va  hodisalarni  biror  xususiyatiga  ko’ra  bita 

tushunchaga birlashtirish. 



Taqqoslash  –  predmet  va  hodisalar  o’rtasidagi  o’xshash  va  farq  qiluvchi 

tomonlarini aniqlash. 



Mavhumlashtirish – predmet va hodisalarning biror belgisini fikran ajratib 

olish. 


Tushuncha  –  predmet  va  hodisalarning  umumiy  va  maxsus  belgilarini  aks 

ettirish. 



Hukm  –  predmet  va  hodisalarga    biror  belgining  xos  yoki  xos  emasligini 

tasdiqlash. 



Xulosa chiqarish – ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukmlar keltirib 

chiqarish. 



Til – kishilar o’rtasidagi aloqa vositasi. 

Monolog – bir kishining o’ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi. 

Dialog – ikki kishining o’rtasidagi nutqiy aloqa jarayoni. 

Affektiv nutq – his-hayajon va kechinmalar aks ettirilgan nutq turi. 

Ichki  nutq  –  tafakkur  bilan  bog’liq  tashqi  nutqdan  avval  paydo  bo’ladigan 

nutq turi. 



 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling