Glossariy tayanch iboralar psi-10


Download 46.75 Kb.
Sana07.09.2020
Hajmi46.75 Kb.
#128828
Bog'liq
GLOSSARIY

GLOSSARIY


Tayanch iboralar
PSI-10 - kompyuter dasturi bo‘lib o‘z ichiga 10 ta psixologik testlar ko‘rsatilgan

RTS-PV - ushbu dastur balandlikka sakrashdagi yugurush xarakatlarining vaqtini aniqlab beradi

SINXRO kompyuter dasturi - sportchilarning xarakatlarini sinxironizatsiyalashga qaratilgan.

TAKTI futbolchilarni taktik tafakkurini rivojlantirishning kompyuter dasturi

SLALOMIST - eshkak eshuvchilarning xotirasini rivojlantirishda trenjyor sifatida qo‘llaniladigan kompyuter dasturi

SPORK - sportchilarning psixomotor portlovchan kuch qobilyatini o‘lchash va rivojlan-tiradigan trenajyor.

Kuzatuvchanlik – shaxs xarakter xossasi bo‘lib eng mayda ko‘z ilg‘amaydigan narsalarni ko‘ra bilsh

Motiv – ichki qo‘zg‘atuvchi kuch

Antitsipatsiya – oldindan ko‘ra bilish

Psixodiagnostika – shaxsning individual xususiyatlarini aniqlashga yordam beradigan metodlar

Diqqat – ma’lum bir ob’ektga ongni yo‘naltirish.

Ideomotornaya trenirovka - tasavvur orqali mashg‘ulot o‘tkazish.

Reaksii turlari - oddiy va murakkab reaksiyalar


GLOSSARIY


Agressivlik- shaxsning agressiyaga tayyorligini belgilovchi xususiyati.

Akmeologiya- inson kamolotining va uning ushbu kamolot bosqichida erishganlik darajasini xarakterlovchi qonuniyatlar, mexanizmlar, fenomenologiyani ifodalovchi fan.

Atletik- tana tuzilish ancha rivojlangan, baqquvvat, uzun yoki o‘rta bo‘yli, keng elkali inson.

Bilimlar, Ko‘nikmalar, Malakalar- hayot va faoliyat jarayonida egallanadi.

Vahimachi, (Tashvishli) Shaxs- bu toifadagilar past kirishimli, o‘ziga nisbatan ishonchsiz. Ular mojarolarga kam aralashadilar va bu holatda qo‘llab-quvvatlovchi va tayanch axtaradilar. U do‘stlikni qadrlaydi, o‘z-o‘ziga tanqid ko‘zi bilan qaraydi, o‘ziga topshirilgan vazifalarni so‘zsiz bajaradi, o‘zining himoyasizligi oqibatida ko‘p hollarda hazil-huzil uchun nishon bo‘ladi.

Geniallik- qobiliyatlarning eng yuqori rivojlanganlik darajasi.

Gipertim Shaxs - bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol bo‘ladilar, imo-ishoralar, mimika va pantomimika orqali o‘z his tuyђularini namoyon qiladilar. Ular to‘satdan suxbatlarning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar. Bu toifadagi odamda o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlariga etarli tarzda jiddiy e’tibor bermasliklari oqibatida atrofidagi odamlar bilan qisqa kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ularning ijobiy tomonlaridan ishchan, optimist, faoliyatkor, tashabbuskorlik kabi sifatlari orqali namoyon bo‘ladi. SHu bilan birgalikda salbiy hislatlari - engiltabiat, jizzaki, o‘z majburiyatlariga befarq munosabatda bo‘lishi.

Displastik- tana tuzilishida deformatsiyasi bor inson.

Distim Shaxs - bu toifadagilar kamgap, nekbin kayfiyatli, tortinchoq bo‘lishadi. Ular aksari uyda o‘tirishni hohlashadi. Sershovqin davralarga intiluvchan atrofdagilar bilan kam ixtilofga bolrishadi. Ularning ijobiy hislatlari: jiddiy, haqiqatgo‘y, sof vijdonli. Salbiy Tomonlari: Sustkash, SHaxsiyatparsat fikrlash doirasi torligi.

Ijtimoiy Tajriba Ost Tuzilishi- Ta’lim vositasida, shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar va odatlarni qamrab oladi.

Iqtidor- biror bir faoliyatni bajarishda muvaffaqiyatini Ta’minlovchi Qobiliyatlarning Uyg‘unligi.

Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.

Individ- o‘zining yagonaligi bilan xarakterlanuvchi inson mavjudligi.

Individual Tipologik Xususiyatlar- temprament, xarakter, qobiliyatlarda aks etadi.

Introversiya─ tuyg‘u va kechinmalari ichki olamiga qaratilgan shaxs yo‘nalganligi.

Introvert Shaxs- bu toifadagilarning boshqalardan farqli tomoni shundaki, ular o‘ta iymanuvchan, o‘z tuyђularini oshkor etishni hohlamaslik, haqiqiylikdan yiroqlashish, faylasuflik qilishga intilishlari bilan xarakterlidir. Bunday odamlar yolg‘izlikni yoqtiradilar, atrofdagilar bilan kam mojaroga boradilar, ularning shaxsiy hayotlariga aralashgandagina ular atrofdagilar bilan ixtilofga borishadilar. hat’iyatlilik, prinsipiallik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda qaysarlik, fikrlashning tormozlanishi, o‘z g‘oyalarini hat’iyatlik bilan himoya qilish kabi salbiy hislatlari mavjud. Ular har bir narsaga o‘z nuqtai-nazarlari bilan qaraydilar, boshqalarning fikrlaridan o‘z fikrlari ustun qo‘yadilar.

Yo‘nalganlik- (A.G.Kovalev) - voqelikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi

Yo‘nalganlik- (S.L.Rubinshteyn)- ehtiyojlar, qiziqishlar, ideallar, e’tiqodlar, faoliyat va xulqning ustuvor motivlari hamda dunyoqarashlarda ifodalanadi.

Yo‘nalganlik Osttuzilishi- shaxsning axloqiy qiyofasi va munosabatlarini birlashtiradi.

Mashqlar Tizimi- Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.

Namoyishkorona Shaxs- bu toifadagilar tez muloqotga kiruvchi, etakchilikka intiluvchan, hokimiyatni agallash hissi ustivor va maqtovni yoqtiradi. Ular boshqalarga tez ko‘nikuvchan va shu bilan birga ko‘ngli bo‘sh. Bunday kishilar o‘ziga ishonchliligi va yuqori o‘ziga tortuvchanliklari bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, mojarolarni o‘zlari keltirib chiqaradilar va faol tarzda o‘zlarini himoya qiladilar. Ijobiy tomonlari - qanoatli, artislik qila oladigan, boshqalarni o‘ziga qarata oladigan, o‘y-fikrining to‘g‘riligi. Salbiy tomoni - xudbin, shaxsiyat parast, maqtanchoq, dangasa.

Pedantik Shaxs- Mojarolarga kam aralashadi. Xizmat doirasida o‘zini byurokratdek tutadi, atrofdagilarga ko‘p talablar qo‘yadi. SHu bilan birga etakchilikni bajonidil boshqa odamlarga beradi. Ba’zida oiladagilarga tartib borasida o‘ta talabchan. Uning ijobiy hislatlari: sofdil, tartibli, jiddiy, ishlarda ishonchli, salbiy tomonlari - rasmiyatchi, pismiq, qiziqqon.

Psixologik Aks Ettirish Shakllari Osttuzilishi- ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.

Sub’ekt- faoliyatni amalga oshirishga qobiliyatli, ongli individ.

Sport– faoliyatining umumiy masalalarini, ya’ni sport bilan shug‘ullanish motivlari va maqsadlarini, sportga qiziqishning vujudga kelishi va rivojlanishini, u yoki bu sport turlarida ko‘nikma, malaka va odatlarning shakllanishining umumiy va xususiy shartlarini;

Sport mashqlari (trenirovkalar)– sport faoliyati samaradorligini oshirish masalalarini, sportchini mashqlantirish, uni umumiy va maxsus jihatdan (jismoniy, axloqiy, irodaviy va nazariy) tayyorgarligini ta’minlash, musobaqalar jarayonida zarur bo‘ladigan texnik va taktik muammolarni echish ko‘nikmalarini egallashga o‘rgatish;

Talant- maxsus qobiliyatlarning yuqori darajada rivojlanganligi.

Tarbiya- bola xulq atvori va shaxsiga maqsadli va uyushgan holda ta’sir ko‘rsatish usulidir.

To‘xtaluvchan (Tiqiluvchan) Shaxs- bu toifadagilar me’yorida hamsuhbat, pismiq, aql o‘rgatuvchi, kamgap. Mojaroviy holatlarda faol, tashabbuskor. Boshlagan ishida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga intiladi, o‘ziga nisbatan talabchan. Ijtimoiy adolatga hayrihoh, shuning bilan birga arazchi, qasoskor. Ba’zida haddan ziyod o‘ziga bino qo‘ygan, to‘g‘riso‘z, rashkchi. YAqinlariga va ishdagi qo‘l ostidagilarga nisbatan o‘ta talabchan.

Xarakter- Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.

Sikloid Shaxs- bu toifa kayfiyatning tez-tez davriy o‘zgarishi, buning oqibatida ularning atrofdagi odamlar bilan bo‘lgan muloqotining ham o‘zgarib turishi bilan hususiyatlidir. Kayfiyati chog‘ bo‘lganda u yaxshi hamsuhbat, kayfiyati yomon paytda tundroq bo‘ladi.

Chavgon o‘yini– SHarqda qadimiy o‘yinlardan bo‘lib, o‘z ko‘rinishi va qoidalari jihatidan ko‘pkari va to‘pli hokkey o‘yinlariga o‘xshab ketadi. Har ikki tomondan 5-6 tadan maxsus suvoriylar qatnashib, chavgon to‘pini raqib darvozasiga kiritishga harakat qilingan.

Shaxs- odamning jamiyatda tarkib topuvchi, asosiy psixologik tuzilishga ega bo‘lgan ko‘rinishi.

Shaxsning “Men Konsepsiyasi”- insonning o‘zi haqidagi butun tasavvurlari yig‘indisi.

Ekzallashgan Shaxs- bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol, bunday odamlar tez-tez bahslashadilar, lekin ish ochiq mojarolarga etib bormaydi. Mojaroli holatlarda ular bir paytning o‘zida ham faol, ham sustkash. SHu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan va g‘amxo‘r. Ularda achinish hissi yuqori, yaxshi didli, hissiyotlari yorqin va samimiy. Salbiy tomonlari - vahimachi, bir onlik kayfiyatlarga yon bosuvchi.

Ekstravert Shaxs- ular o‘ta kirishimli, bunday odamlarda do‘stlari va tanishli juda ko‘p, ular ezmalik darajasigacha so‘zamol, har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada, ko‘pincha etakchilikda boshqalarga yon bosadi, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radi. O‘zgalarni diqqat bilan eshitishga tayyorlik, so‘rashgan narsani bajarish kabi ijobiy hislatlarga ega. Salbiy tomonlari: ta’sirga beriluvchan, engiltabiat, maishatga o‘ch, ig‘vo va g‘iybatlarni tarqatishda ishtirok etish.

Emotiv Shaxs- bu toifadagilar tor doirada saralangan odamlar bilan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga aralashadilar. Xafachiliklarini ichlarida saqlaydilar. YAxshi hislatlari: samimiylik, rahm-shafqatli, o‘zgalarning yutug‘idan quvonadigan, ijrochi. Salbiy tomonlari - yig‘loqi, o‘ta hissiyotli, izzattalab.

Id”soha-bu shaxsning instinktli jihati bo‘lib, unda shaxsning eng kuchli instinktlari o‘rin olgan. Ular shaxs xulq-atvorini to‘g‘ri va chet yo‘llar bilan aniqlash va namoyon bo‘lishini ifodalaydi. “Id” sohasi vazifalarini qoniqish tamoyiliga asosan bajaradi.

Ego” Soha- shaxsning ongli tomonini ifodalovchi ratsional qismidir.

Qobiliyat Kurtakchalari- miyaning anotomo─fiziologik mexanizmi.

Qo‘zg‘atuvchi SHaxs- bu toifadagilar muloqotda tortinchoq, ko‘pincha ular tund va injiq, yolg‘onchilikka, surbetlikka, ixtilofga moyil bo‘lib, bu holatda ular faol hisoblanadi. Hotirjam holatda ular sofdil, xayvonlar va kichkina bolalarni yaxshi ko‘radilar. Kayfiyatlari yomon bo‘lganda ular injiq, jahldor, o‘zlarini idora eta olmaydilar.

«Sport psixologiyasi»ga oid atamalarning

izohli lug‘ati

1. Adaptatsiya –(lat. adaptatio – to‘g‘rilanmoq, moslanmoq, sozlanmoq) – adaptatsiya; sezgi organlarining turli sharoitlarga moslashuvi.

2. Analiz – (yunon.analysis – parchalash, bo‘lish) –analiz, tahlil; tekshirish, obektini fikran tarkibiy qismlarga ajratib tadqiq qilish usuli; aksi sintez.

3. Analizator –tashqi va ichki muhitdan keladigan ta’suritlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik (ruhiy) jarayonga, ya’ni sezgilarga aylantiruvchi asab mexanizmlari tizimi.

4. Antipatiya – (yunon. antipotheia – ko‘ngilsizlik, xushlamaslik, yoqtirmaslik) – antipatiya, mas., sportchining sport mashg‘ulotida, mashqqa, raqibiga, komandadoshlariga yoki biror kimsaga nisbatan bo‘lgan salbiy munosabatidan kelib chiqadigan va uni ifodalaydigan yoqimsiz hissiyot.

5. Affekt –(lat.affectus – ruhiy hayajon, chtiros) – affect, sportchida tez va kuchli paydo bo‘lib, shiddat bilan o‘tadigan qisqa muddatli emotsional holat. Mas., A. holatidagi sportchining ruhiyati keskin o‘zgaradi, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo‘ladi, ong doirasi torayadi, xulqini nazorat qilish qobiliyati yo‘qoladi.

6.Autogencha mashq–sportchilarni fikran ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda aniq bir maqsadga yo‘naltiruvchi mashq. Bu uslub nemi psixolog olimi I. G. SHuls tomonidan ishlab chiqilgan.

7. Biotok –miyyada paydo bo‘ladigan elektromagnit to‘lqinlari.

8. Didaktika –(yunon. didaktikos – o‘rgatuvchi) – didaktika, pedagogikadagi ta’lim nazariyasining qonun va qoidalarini o‘rganuvchi soha, ta’lim nazariyasi haqida fan.

9. Dinamika –(yunon. dinamikos – o‘zgarish, o‘sish, rivojlanish sur’ati) dinamika, voqea, hodisa, jarayon va sh.k.dagi jo‘shqinlik.

10.Ehtiros – muayyan faoliyat turiga kuchli intilish bilan bo‘g‘liq bo‘lgan davomli va farqlar emotsional holat.

11. Emotsiya –(lat. Emovco – hayajonlantiraman, iztiroblayman) – emotsiya,

his-tuyg‘u, kechinma; bu termin o‘rnida o‘zbek tilida “hissiyot” termini ishlatiladi. Hissiyot shaxsning voqeilikka bo‘lgan o‘z munosabatini his qilishdan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli va yoqimsiz kechinmalaridir.



12.Emotsional xotira –voqelikdagi narsa va hodisalardan ,o‘z-o‘zimizga bo‘lgan munosabatimizdan kelib chiqadigan yoqimli va yoqimsiz kechinmalarini esda qoldirish va esga tushirishdan iborat xotira turi.

13.Emotsional holat – sportda: sportchining emotsional kuchi , tezligi va barqarorligi bilan belgilanadigan, voqelikka bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan kechinmalari. E. h.ga kayfiyat, ehtiros, ruhlanish, affekt kabilar kiradi.

14. Endokrin reaksiya – ichki qayta ta’sir ko‘rsatish.

15. Finish (ing.) –yugurish musobaqalarining va poygalarning hal qiluvchi qismi; shunday musobaqalarning oxirgi punkti; marra.

16. Harakat – kishi va narsalarning o‘z holatini o‘zgartirishi, tik turishga

nisbatan qarama-qarshi holat.



17.Harakat tezligi–ma’lum masofada birinchi harakatning boshlanishidan uni tamom qilguncha sarflangan vaqt.

18. Hislarning manbalari–shaxsda muayyan hissiyotni keltirib chiqaruvchi obektiv va subektiv sabablar, narsa va hodisalar, ehtiyoj va intilishlar majmui.

19.Instinktiv–instinktga xos, instinct ravishda yuz beradigan; g‘ayrishuuriy.

20.Kinestetik sezgilar–gavdaning fazodagi holatini, ayrim organlarning harakatlarini aks ettiruvchi sezgi turi.

21. “Kooperatsiya” uslubi – sport faoliyatida sportchilarning o‘zaro munosabatlarida ziddiyat, to‘qnashish holatlarining paydo bo‘lish mexanizmlarini o‘rganuvchi uslub.

22.Maksimal –eng katta, eng ko‘p, to‘liq, mukammal; yuqori.

23. Malaka –ongli faoliyatning ko‘p takrorlanishi yoki ko‘p mashqlar natijasida hosil bo‘lgan tez, rejali, to‘g‘ri, kam jismoniy va asabiy kuch sarflagan holda bajariladigan harakatlar.

24. Manyovr harakatlar – sportda: sportchining raqibiga zarba berish uchun qulay vaziyat topib ustamonlik bilan qilgan harakati.

25. Motiv-(lot. moveo-harakatlantiraman) – motiv; odamni muayyan

xatti-harakatlarga undaydigan bosh sabab.



26. Optimizm-(lot.optimus – eng yaxshi) – optimizm; xushchaqchaqlik,

tetiklik, kelajakka ishonch bilan to‘lib toshgan ijobiy xarakter hissiyotlari yoki emotsional holat.



27. Obekt-(lot. objektum – buyum, narsa) – obekt; tashqi moddiy bir qismi, inson, subektning bilish hamda faoliyat predmeti.

28. Parametr (grek.)- matematik formulaga kiradigan va o‘zining ma’lum

qiymati shu tenglama bilan ifodalangan munosabatlardan muayyan biriga olib keladigan miqdor; sportda: sportchining asosiy xususiyatlarini miqdoriy xarakterlaydigan tushuncha.



29. Periferik asab tizimi- (yunon.periperia – atrof, chet) – markaziy asab tizimini ta’surotni qabul qilib oladigan retseptorlar hamda javob ta’sirini qaytaruvchi organlar (mushak, bezlar) bilan bog‘laydigan sezuvchi asab tizimi.

30. Psixika-(yunon.psychikos – ruhiy jonga oid) – psixika; miyaning obektiv olami alohida yo‘sinda (sezgi, idrok, tasavvur, fikr, hissiyot, irodaviy harakatlar tarzida) aks ettirish qobilyatiga ega bo‘lgan alohida xususiyati.

31. Psixik holatlar –shaxsning obektiv voqelikdagi narsa va hodisalarga, o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi ijobiy hamda salbiy emotsional kechinmalari; mamanuniyat va g‘azab, ishonch va ishonchsizlik kabi hislar.

32. Psixik hodisalar– psixik hayotning sezgi, idrok, xotira, hayol, tafakkur kabi har biri alohida olingan aniq shakllari.

33.Reaksiya–reaksiya; organizmning muayyantash qiyokiichki qo‘zg‘ovchilarga nisbatan qaytaradigan javob harakati. Psixik reaksiya – tashqi yoki ichki taassurotga javob sifatida paydo bo‘ladigan har qanday psixik jarayon.

34.Sotsiometriya uslubi– ijtimoiy mazmundagi savollar orqali sport jamoasi, guruhlar va komanda a’zolari o‘zaro munosabatlari xusussiyatlarini o‘rganuvchi uslub. Bu uslub amerikalik mikrosotsiologik Djon Mareno tomonidan ishlab chiqilgan.

35.Stixiyali–kishilarning irodasidan, xohishidan tashqari tabiiy

ravishda yuzaga keladigan, idora qilib bo‘lmaydigan.



36.Trening xizmati–(ing. training – o‘rgatish, tarbiyalash, mashq qildirish) sportchining o‘z faoliyatini aniq tasavvur etishi, harakat va xotirasini mustahkamlash hamda jamoadoshlari o‘rtasida kechadigan munosabatlarni yaxshi o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar tizimi, mashq, mashg‘ulotlar rejimi.

37.Tonus–tonus; organizmning yoki biror a’zoning hayotiy faollik darajasi. Mas., mushak tonusi.

38. Qiziqish–shaxsning muayyan narsa yoki hodisaga ega bo‘lishga, bilishga faol va barqaror yo‘nalishidan iborat individual xislati yoki faoliyat motivi.

39.Vaqt reassiyasi-sportchining startdan otilib chiqish yoki tepilgan to‘pning harakat tezligi; sportchining dastlabki zo‘r berib bajargan harakat shiddati.

40. Xarakter-(yunon. charaktir – belgi, nishon , xislat) – harakter; ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi voqelikka va o‘z - o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan, uning muayyan sharoitlardagi xatti-harakatlarini belgilab beradigan barqaror individual psixik xususiytlar yig‘indisi.


Sportga xos asosiy tushunchalar

1. Sport - qisqa ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati deyilsa, keng ma’noda shaxsiy musobaqa faoliyati shu faoliyat asosidan kelib chiqadigan maxsus tayyorgarlik hamda uning norma va yutuqlari tushuniladi.

2. Sport musobaqalari - ko‘rsatish uslubi, sport yutuqlarini baxolash va taqqoslash, sport soxasidagi konkurensiyalarni o‘ziga nisbatan boshqarishdir. Sport musobaqalari, boshqalar bilan muloqotda bo‘lishni kerakli omili, shaxsni tashkil topishini vositasi, inson imko-niyatlarini anglab etish, etalon ko‘rsatkichlarini tuzishga qaratilgan.

3. Sport musobaqalarini maqsadi - kuchli sportchilar va komandalarni aniqlash, sport maxoratini takomillash-tirish, jismoniy madaniyat va sportni targ‘ibot qilish, sport tashkilotlari, murabbiylar, sportchilar, hakamlar faoliyatiga ob’ektiv baxo berishdir.

4. Sport harakati - ijtimoiy harakatning maxsus shakli bo‘lib, tuzish, rivojlanish, saqlash, sport boyliklarini qabul qilish va almashish, shaxsni tashkil topishi uslubi, jamiyatga ishchi kuchi xamda, Vatanni faol himoyachilarini tayyorlaydi. O‘zbekistonda sport harakati - g‘oyaviy kurashning kerakli sohasi bo‘lib, ommaga ta’sir ko‘rsatuvchi, insonda milliy ongni tarbiyalovchi tomonla-ridan biridir. Sport harakati tarixan quyi-dagi shakl-larni: ommaviy, havaskorlik sportini yaratgan. Bundan tashqari biznes shaklidagi - professional sportni yuzaga chiqaradi.

5. Sport faoliyati - harakat faoliyati rivojlanishini oliy shakli bo‘lib, inson faoliyati jarayonining ko‘p qirraliligi insonni jismoniy va psixologik rivoj-lanishi hamda takomillashuvini jamiyatning talabiga nisbatan tashkil qilishdir. Sport faoliyati: shaxsiy sport faoliyati va tashkiliy - pedagogik faoliyatlarga bo‘linadi.

Insonning sport faoliyati ikki bir-biriga bog‘liq: qayta tashkil topish va tushunib etish (sportchini bilishi, ko‘nikma, malakalarni yuqori sport ko‘rsatkichlari) tomoni mavjud.

Funksional atamalar guruhiga tayanch bo‘lib, sport tayyorgarligi va sport mashg‘ulotlari atamalari kiradi.

6. Sport tayyorgarligi – sportchilar mashg‘ulotini qamrab oluvchi, ko‘p omilli jarayon bo‘lib, musobaqalarga tayyorlanish va qatnashish, mashg‘ulot jarayonini va musoba-qani tashkil qilish, mashg‘ulot va musobaqani ilmiy - metodik va material - texnik tomonidan tayyorlash; kerakli shart-sharoitni, sport ishlari mashg‘uloti o‘qish va dam olish bilan qo‘shib olib borishini hisobga oladi.

Ushbu atamalarni ishlab chiqarishda sport tayyor-garligi tizimi va sport maktabi deb yuritiladi.



7. Sport tayyorgarligi tizimi - bilim, vositalar, uslublar, shakllar va shu muxitda tashkil qilish bilan sportchini eng yaxshi darajada tayyorlashni ta’minlash, shuningdek sportchini tayyor-lashni amaliy faoliyatidir.

8. Sport maktabi - sportchilarni tayyorlashni yagona tizimi bo‘lib, bir guruh mutaxassislarni ijobiy izla-nishga asoslanadi.

9. Sport mashg‘ulotlari – bu sport tayyorgarligini bir qismidir. Sport mashg‘ulotlari maxsus jarayonni o‘z ichiga olib, aniq tanlangan sport turi bo‘yicha, sportchini yuqori ko‘rsatkichlarga erishishida, jismoniy mashqlar orqali organizmni rivojlantirish, jismoniy sifatlar va qobiliyatlarni takomillashtirish uchun foydalanilgan maxsuslashtirilgan jarayondir.

– sport mashg‘ulotlari pedagogik xodisa bo‘lib, u sportda yuksak natijalarga erishish uchun bevosita yo‘nalti-rilgan maxsus jismoniy tarbiya jarayonidir.

“Sport mashg‘ulotlari” atamasi bilan bir qatorda sportchini tayyorlash atamasi ham qo‘llaniladi.

10. “Sportchini tayyorlash” – kengroq tushuncha bo‘lib, u sportda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishga tayyor bo‘lishi va uni amalga oshira borishni ta’minlovchi barcha vosita-lardan foydalanishni o‘z ichiga oladi.

Umuman sport mashg‘uloti sportchini tayyorlashda biologik va psixologik o‘zgarishlarining murakkab majmua-sini yuzaga keltirib, natijada “mashq bilan chiniqqanlik”, “tayyorgarlik”, “sport formasida bo‘lishlik” darajasini yaxshilanishiga olib keladi. “Mashq bilan chiniqqanlik” tushunchasi odatda mashg‘ulot ta’siri ostida sportchi organizmida sodir bo‘ladigan hamda uning ish qobiliyatini ortishida o‘z ifodasini topadigan biologik (funksional va morfologik) moslashuv o‘zgarishlari ma’nosida anglanadi. Bular: umumiy va maxsus turga bo‘linadi.



11. “Mashq bilan chiniqqanlik” – mashg‘ulot vositasida organizmning muayyan bir ishga moslashganlik darajasidir.

12.“Tayyorgarlik darajasi” – atamasi, “mashq bilan chiniq-qanlik” atamasidan kengroq bo‘lib, tayyorgarlikni qaysi darajada, ekanligini ko‘rsatadi.

13.“Sport mashg‘ulotlari tizimi” – bu sportchilar tayyorlashda beriladigan bilimlarni, tamoyillarni, uslub-lari va sport ko‘rsatkichini, shuningdek mashg‘ulot jarayonini boshqarish va tashkil qilishda amaliy faoliya-tini bir butunligidir.

14. “Sport ko‘rsatkichlari” - bu sport mahorati va sportchi qobiliyatini qaysi darajada ekanligini ko‘rsatib, aniq natijalarda beriladi. Aniq holda, tayyorlash tizimini samarali amalga oshirishi mobaynida sport ko‘rsatkichlari, sportchini iqtidorligini aniqlaydi. YUqori sport ko‘rsatkichi bo‘lib, shu sport turida, maksimal imkoniyatlardan foydalanilganini ko‘rsatadi.

15. “Sport natijalari” - sportdagi son va sifat darajasini ko‘rsatkichidir.

16.Sportchining tasnifi” - sportchini barqaror tas-nifi bo‘lib, ma’lum vaqt ichida yoki sport musobaqalarida qatnashishini umumlashgan yakunidir.





Download 46.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling