Glossariy


Download 13.68 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi13.68 Kb.
#193261
Bog'liq
Glossariy


Glossariy
BMP- BMP grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft fir­ma­si tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifoda­lay­di va uncha katta bo’lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etili­shi­­­ni izohlash uchun xizmat qiladi.

Ekran imkoniyati- bu kompyuter tizimi va operatsion tizim xususiyatidir. Ekran imkoniyati piksellarda o’lchanadi va ekranda joylashadigan tasvir o’lchamini belgilab beradi.


GIF - GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati –Internetda eng keng tarqalgan grafik format bo’lib, u Internet tarmoqda birinchi bo’lib paydo bo’lgan.

GIF tasvirni zichlashtirishga imkon beradi, tasvirlarning rang palitrasi 256, yoki undan kamroq rangni saqlaydi.


JPEG - JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko’p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo’l­jal­langan. JPEG rang palitrasi 16 777 216 (True Color) tagacha bo’lgan rangni saqlaydigan tasvirlarni zichlashtirish imkoniyatini beradi.

Fraktal grafika – bu hisoblash grafikasidir. Tasvir formula asosida quriladi. Kompyuter xotirasida tasvir emas formula saqlanadi. Uning yordamida cheksiz xar-xil tasvirlarni olish mumkin.


Rang – bu bizning yorug’lik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir. Nur yoki rang bilan tadqiqodchilar azaldan qiziqib kelganlar. Bu sohadagi olamshumul yutuqlardan biri Isaak Nyutonning oq yorug’lik nurining tashkil etuvchi qismlarga ajratilishi bo'yicha 1666 yilda o'tkazgan tajribalaridir.

Rastrli (nuqtali) grafika deb - bir xil o’lcham va yacheykalarga ega bo’lgan nuqtalar (piksellar) to’plami orqali tasvirlangan tekis geometrik shakllarga aytiladi.

Kompyuter grafikasi – Kompyuter boshqaruvida grafik ob'ektlarni kiritish, chiqarish, tasvirlash, o'zgartirish va tahrirlashdir.

Qatlam-Photoshop dasturi turli qatlamlar bilan ishlashga imkon beradi. Kompyuter grafikasida qatlam tushunchasi nimani anglatishini bilsh uchun bir nechta yupqa shisha qoplamalarida chizilgan turli ob`ektlarni ko’z oldingizga keltiring. Agar ularni bir-biri ustiga joylashtirsak yangi tasvir hosil kilinadi. Ko’p qatlamli rasm xam xuddi shu usulda yaratiladi.



Vektorli grafika- shrift va oddiy geometrik elementlarni qo’llash imkoniyatini beradi. Bunda tasvirning asosiy elementi chiziq hisoblanadi.
Download 13.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling