Gmo mahsulotlari butun dunyoga kerakmi? Ek-62 -guruh


Download 18.43 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi18.43 Kb.
#1046468
Bog'liq
АСАДБЕКGMO




GMO mahsulotlari butun dunyoga kerakmi?
EK-62 –guruh (Ibrohimov Asadbek)
GMO o’zi bu nima? GMO-bu geni modifikatsiyalangan yani o’zgartirilgan organizm bo’lib,biror bir hayvon yoki o’simlik genini boshqa organizmga ko’chirilishi.Masalan,olimlarmiz piyoz sovuqda chidamasligi tufayli sovuqda malum bir miqdordagi piyozlar nobud bo’lgan ,shuning uchun unga arktika balig’ining sovuqda chidamlilik geni o’tkazilgan va piyozlar -10 gradusgacha chidaydigan bo’lgan. Lekin,tanganing ham ikki tomoni bo’lgani uchun bu ishlarning ham yaxshi va yomon tomonlari bo’lishi mumkin.Shuningdek, geni modifikatsiyalangan organizmlarning foydali tomonlari bo’lishi mumkin,lekin,hamma narsa ham mukammal bo’lavermaydi va buni insonlar uchun zarari ham bo’lishi mumkin.Hozirda butun dunyoda 8 milliardga yaqin inson bor lekin oziq-ovqat yetadi deb kim kafolat bera oladi.Aytishlaricha 100-yilga kelganda aholi soni 11milliardga yetishi ko’zda tutilmoqda va afsuski o’sha vaqtga kelib dunyo oziq ovqat tanqisligiga uchrashi mumkin.Yildan yilga insonlar ko’payib bormoqda va bu oziq ovqat tanqisligiga uchramaslik uchun olimlarimiz shu GMO mahsulotlari ustida ishlashyapti.Sizningcha bu GMO mahsulotlari bizga kerakmi ? Agar biz GMO mahsulotlarini bozorga chiqishiga qarshi bo’lmasak bu mahsulotlar tabiiy bozordagi mahsulotlardan ancha arzon bo’ladi va bizga oziq ovqat tanqisligiga uchramasligigayordam berishi mumkin .Odamlarning aytishicha koronavirus ataylab insonlarni kamaytirish uchun o’ylab topilgan.Lekin biz qayerdan bilamiz bu GMO mahsulotlari ham insonlar sonini kamaytirish uchun o’ylab topilgan bo’lsachi ? savollar ketidan savollar kelaveradi bizga buni javobini kim beradi? Bu hayotda hamma o’z manfaatini ko’zlab ish qiladi va gohida hayron ham bo’laman kimga ishonishni bilmay.GMO qashshoqlik va ocharchilikka yechim bo’lishi mumkin,yuqorida aytib o’tganimdekn yildan yilga sayyoramiz aholisi ko’payib bormoqda va bizga yanada ko’proq oziq –ovqat mahsulotlari zarurdir.Yildan yilga qishloq xo’jaligi yetishtirayotgan hosildor yerlar va ekin maydonlari kuchsizlanmoqda o’simliklarni chidamliligini oshirish hashorot va kasalliklarga yem bo’lmasligi va hosildorlikni oshirish uchun bugungi kunda ularga boshqa o’simliklardan genlar ko’chirilmoqda.Masalan qishda qulupnay yetishtirish uchun unga arktika balig’ning geni o’tkaziladi va bu uning tamiga hech qanday ta’sir o’tkazmaydi,bu gen faqatgina qulupnayning qishda sovuqda chidqmliligini oshiradi.Bu GMO mahsulotini vujudga kelishiga sababchi bo’lgan olimlarning o’zi ham bu mahsulotlar kerakli yoki keraksiz ekanligini bilmaydi,shuning uchun xulosa chiqarish o’zingizga havola.Yer yuzida yiliga 4 mlrd tonna oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi.Ularning ko’p qismi qishloq xo’jaligi ekinlaridan olinadi.Ekportlarning hisoblab chiqishicha bugungi kunda qishloq jo’jaligi mahsulotlarining ko’pgina qismi malum bir sabablarga ko’ra yo’qotilmoqda.Jumladan,BMT ning oziq ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti hisobiga ko’ra yer yuzida yetishtiriladigan donli ekinlarning 5%i turli zararkunandalar tomonidan yo’qotiladi.Yana bunga qo’shimcha qurg’oqchilik ,yovvoyi o’tlar va boshqa omillar bunga sabab bo’lishi mumkin.Yuqoridagi barcha omillarni hisobga olganda oziq ovqat bo’yicha muammoga duch kelamiz vz ayni vaqtda yer yuzidagi har 7 ta odamdan biri ochlikdan qiynaladi.Hatto O’zbekistonda ham ikki millionga yaqin insonlar to’yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekmoqda. Endilikda bizga GMO mahsulotlarini qabul qilmasdan boshqa chora qolmayapti.Shuningdek,GMO mahsulotlarining eng muhim xususiyatlaridan biri ularni yetishtirish oson,arzon va qulay.Ilmiy tadqiqodlarda GMO organizmlardan ko’plab kasalliklar qanday yuzaga kelishini o’rganishda foydalaniladi.Ko’pchilik odamlar GMO haqida u odamning genini o’zgartirishiga va uni yegandan so’ng har xil kasalliklar vujudga kelishiga ishonadilar va bu qanchalik rost sizningcha? Endi men o’z fikrimni aytsam bu GMO mahsulotlari insonlarga zarari tegmasligi mumkin.Lekin aholi soni ko’payib ketganda ichki urushlar sodir buladi va bunda bu holatlarni oldini olish uchun biz GMO mahsulotlarini qabulqilishimiz mumkin .Afsuski, bunga ham ishonch yo’q ,chunki, bu ham korona virusga o’xshaydigan narsa bo’lib odamlar sonini kamaytirish uchun o’ylap topilgan bo’lishi ham mumkin. Biz bunaqada tavakkal qila olmaymiz va har qanday holatga tayyor turishimiz kerak.Keyin yana tajribalar natijasida GMO mahsulottarkibidagi DNK bo’laklar sizning va avlodlaringizni hech qanday nasliga ziyon yetkazmaydi.GMO mahsuloti sizning dastutxoningizga yetib borguncha bir nechta tekshiruvlardan o’tadi.Hozirgacha olimlar tomonidan chop etilgan ilmiy tadqiqot natijalarida GMO mahsulotining inson hayoti va salomatligiga xavf tug’dirishi to’g’risida aytilmagan.Bundan tashqari jahon sog’liqni saqlash vazirligida ham geni modifikatsiyalangan mahsulotlar inson hayotiga xavf tug’dirmasligi to’g’risida bayon qilingan.Bu genetic modifikatsiyalangan organizmlarni ishlab chiqarishdan asosiy maqsad insoniyatning oziq ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Ayni damda butun dunyo ikki guruhga bo’linib fikirlayapti birinchi guruh GMO mahsulotlarini ziyoni yo’qligini aytsa ,ikkinchisi esa ziyonli deb ta’kidlaydi. GMO to’g’risida yakuniy xulosam shuki bu mahsulotlar insonni halokatga olib bormaydi va ular inson hayotidagi muhtojliklarga yechim bo’ladi.Insonlarni og;irini yengil qilish uchun ixtiro qilingan bu narsa minglab olimlarning yillar davomidagi mehnatidir. Bu mahsulotlarni zararli yoki foydali ekanini vaqt ko’rsatadi. Va oxirida aytib qolamanki bu yozilganlarning barchasi mening fikrim va bularni aynan to’g’ri ekanligini ham bilmayman ,bu shunchakimening fikrlarim.
1.A. 6.A
2.A. 7.A
3.A. 8.A
4.A. 9.A
5.A. 10.A
Download 18.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling