Gnoseologiya bilish haqidagi ta'limot


Download 1.51 Mb.
bet1/3
Sana14.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1092344
  1   2   3
Bog'liq
SARVARBEK KENJAYEV-FALSAFADAN MUSTAQIL ISH 2

Gnoseologiya - bilish haqidagi ta'limot

Olam va uning qonunlarini bilish falsafiy dunyoqarash bilan bevosita bog’langan masaladir. Shuning uchun ham dunyoni bilish masalasi doimo falsafa fanining diqqat markazida bo’lib kelgan. Qadimgi faylasuflar ham dunyoni bilish mumkinligini ehtirof qilganlar. Masalan, atomistik nazariyaning asoschisi Demokrit olamni bilish va haqiqatga erishish mumkinligini tahkidlaydi. U bilish jarayonida hissiy jihat va tafakkur rolini oddiy va sodda holda ko’rsatadi.

Markaziy Osiyo mutaffakkirlaridan Farobiyning aytishicha, bilish muammosi inson mohiyatini aniqlash masalasining bir qismini tashkil etadi. U insonni bilish subyekti, o’rab turgan tabiatni reallikni bilish ob`yekti deb hisoblaydi. Seziluvchi narsa, Farobiy fikricha, sezgilarga qadar mavjud bo’lgandek, bilinuvchi narsa ham unga oid bo’lgan bilimga qadar mavjuddir. Uning ta`rificha, odam o’z bilimlarini tashqaridan, atrofdagi hodisalardan bilish jarayonida oladi. Bu jarayon o’z ichiga ko’p vosita va usullarni: sezgi, idrok, xotira, tasavvur va eng muhimi mantiqiy fikr, aql va nutqni oladi. Shu vositalar yordamida inson fanni yaratdi.

Beruniy merosini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk asarlaridan boshlab va keyingi asarlarida uning inson bilishga juda qiziqqanligini ko’rishimiz mumkin. Beruniy fikricha, bilishning asosi, olam haqidagi bilimlarimizning manbai sezgi organlari yordamida olingan hissiy bilimlardir. Agar sezgi bo’lmaganda olam haqidagi bilimlarimiz mumkin bo’lmas edi.

Bilish jarayoni Beruniy ma`lumoticha, eskilik, fanatizm, shaxsiy g’araz sub`yektivizmdan ozod bo’lish, tabiatning o’ziga, kuzatishga tajribaning rad etib bo’lmaydigan dalillarga asoslanish lozim: tabiatni bilish jarayoni sezgilar bilan boshlanish tafakkurgacha ko’tariladi, ma`lum narsalarga va hodisalarni bilishga tomon rivojlanib boradi, biroq bir avlodning hayotida hamma narsani bilish mumkin emas.

Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning bilish nazariyasida aql – faol ijodiy kuch va bilish qurolidir, biroq moddiy olam, uning qonuniyati tajriba jarayonida o’rganiladi: buyumlar va hodisalar to’g’risida tushunchalar paydo bo’ladi. Inson aqli o’z bilimini og’ir va uzoq mehnat jarayonida hissiy qabul qilish orqali ko’paytiradi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling