Gnoseologiya bilish haqidagi ta'limot


Download 1.51 Mb.
bet2/3
Sana14.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1092344
1   2   3
Bog'liq
SARVARBEK KENJAYEV-FALSAFADAN MUSTAQIL ISH 2

Alisher Navoiy ham o’z falsafiy qarashlarida moddiy olamni bilish mumkinligini asosan e`tirof etadi. Uning bilishning manbai real voqelikdir, dunyoda mavjud narsalarning hammasi hislarimizning predmetidan (ob`yektidan) iborat. Ulug’ gumanist inson baxtining manbai, uni bilishda deb tahkidlaydi.

Bilish nima?

Bilish – moddiy olamning inson ongida in`ikos etish jarayonidir, aniqrog’i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo’lmay, balki ob`yektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in`ikos etishni e`tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob`yektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas.

Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob`yektiv olamning sub`yektiv inhikosi hosil bo’ladi. SHuning uchun ham bilish nazariyasi inhikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obhekt bilan sub`yekt orasidagi munosabatlarini to’g’ri hal qilishni talab qiladi. CHunki bilish jarayonida obhekt bilan sub`yekt dialektikasi muhim o’ringa ega. U sub`yekt, yahni inson bilan bog’liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo’lishi mumkin emas. Sub`yektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u ob`yektiv mavjud bo’lgan qonuniy bog’lanishlarni ochib beradi. Obhektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.

Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot sub`yekti hisoblangan insonning, uning uchun ob`yekt hisoblangan moddiy olam bilan bog’lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub`yekt faol rol o’ynaydi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling