Gnoseologiya bilish haqidagi ta'limot


Download 1.51 Mb.
bet3/3
Sana14.01.2023
Hajmi1.51 Mb.
#1092344
1   2   3
Bog'liq
SARVARBEK KENJAYEV-FALSAFADAN MUSTAQIL ISH 2

Bilishning boshlang’ich bosqichi jonli mushohada, yahni ob`yektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi ahzolari yordamida aks etiradi. Ibn Sinoning fikricha, sezish – bu shunday tahsirki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazining oynasi bo’lib, moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli ularni inson moddiy asossiz inhikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bu bosqich mahlum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va xodisalarning bahzi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin.

Tashqi dunyoning bu inhikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va xodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki inhikosi o’sha buyumning o’ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo’ladi deydi. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali tahsiri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va xodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko’rish bilan predmetning katta-kichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa ahzolar vositasi bilan ob`yektiv mavjud.

Bilish jarayoni murakkab, ko’p qirrali jarayondir. U albatta sub`yektning qobiliyati izlanuvchanligi, mantiqiy tafakkurning hususiyati, voqealik xodisalarini kuzatish, uning mohiyatini ochishda ham bir narsa va xodisaga ijodiy yondashishni talab qiladi.

Ijod insonning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yangilik yaratish, kashf etish faoliyati bo’lib, murakkab ruhiy jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, istehdodi namoyon bo’ladi.


Download 1.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling