Gnss va gps haqida tushuncha


Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi


Download 381.77 Kb.
bet3/4
Sana24.04.2023
Hajmi381.77 Kb.
#1394156
1   2   3   4
Bog'liq
3-2

Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi. Windows uchun
moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA)
kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida
boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal
kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp
funksiyali axborot kartografik tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish;
tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan toʻlaligicha
foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, koʻp sonli qoʻyilmalar,
mavzuli kartografiyalash;
ishchi grafika – doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar;
Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati
(S++ va MS Visual Basic);
rastr loyihalar bilan ishlash;
fazoviy qidiruv/tahlil – geografik obyektlarni birlashtirish, geografik
belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish;
geokodlash – pochta manzili va indeksi boʻyicha izlash, bunda manzil nomi
toʻliq yoki qisman kiritiladi.
ArcCAD tizimi. ArcCAD atrof-muhit tizimini oʻrganish instituti
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur boʻlib, bu dastur bizga ma’lum boʻlgan
ikki dastur – AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD
ma’lumotlarini Arc/Info dasturiga oʻzgartirib boʻlmaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri
fazoviy ma’lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida,
texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini koʻrsatadi.
Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular
quyidagilardan iborat:
ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni
oʻqiy oladi;
bu tizim orqali yaratilgan ma’lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD
ning kelgusi ma’lumot qayta ishlovida qoʻllanilishi mumkin;
ArcView dasturi orqali ArcCAD ma’lumotlarini koʻrish, ekranda tasvirlash
va tahlil qilish mumkin;
ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar boʻlmish DXF, ASCII, IGES
formatdagi ma’lumotlarni ham oʻqiy olishi mumkin;
ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli boʻlgan barcha
qoʻshimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin.
ArcCAD topologik tuzilish orqali ma’lumotlarni yaratish, toʻgʻrilash va
boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim oʻzida GATga
mos buyruqlar yigʻindisiga ega.
ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moʻljallagan interfeysi orqali
poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish,
bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa
operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik
ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi
tomonidan kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va
ma’lumot bazasini bogʻlash mumkin va bunda grafik interfeysli ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi tizim yaratiladi. Geoaxborot ma’lumot bazasidan
ma’lumot olinishi yoki kartaning oʻzida kerakli joyga buyruq berib ham olinishi
mumkin. Bundan tashqari, toʻgʻridan toʻgʻri ma’lumot bazasining ichidan ham
olinishi mumkin.
Tizim raqamli kartadagi har bir obyektning geofazoviy bogʻlanishlarini
aniqlaydi, bu esa, oʻz navbatida, bitta hududdan ikkinchi hududga oʻtish
imkoniyatini beradi. Bu kabi pozitsion va fazoviy ma’lumotlarga bogʻliqlik
ma’lumotlarni qoʻshish yoki kartografik xarakterlarni belgilash orqali yangi
ma’lumotlar bazasini yaratish yoki yangilash imkoniyatini beradi. Bunday
texnologiya GATda fazoviy tahlil deb ataladi va koʻplab muhandislik va biznes
ishlarida qoʻllaniladi.
ArcCAD ma’lumot bazasini chizma va CAD rasmlardan alohida holda
shakllantiradi, chunki CAD orqali yaratilgan chizmalar GAT uchun kerak
boʻladigan umumiy ma’lumotlarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega emas.
Shuning uchun ArcCAD bu yerda qimmatli geoaxborot tizimi hisoblanadi.
ArcCAD tizimi CAD tizimni shaxsiy kartalarni yaratish va tahrir qilish
uchun ishlatadi. Agar foydalanuvchi AutoCAD dasturiga ega boʻlsa, u holda
ArcCAD mavjud chizmalar va rasmlarni GATga mos formatga oʻzgartira oladi.
MS Windows yordamida elektron jadval va geoaxborot ma’lumotlar bazasini
oʻzaro bogʻlash mumkin. ArcViewni Windowsda qoʻllash orqali ArcCAD orqali
hosil qilingan geoaxborot ma’lumotlarining soʻrovini tashkil qilish mumkin.
Panorama” elektron kartalar tizimi. „Panorama” geodeziyaning amaliy
masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida
raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu
dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan
olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur
yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir.
Bu dastur yordamida:
kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish
va ta’minlash;
klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma’lumotlar bazasini
yaratish;
hisobot va tahliliy ma’lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish
kabi amallarni bajarish mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri
hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali
boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.

Download 381.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling