Golden jamoasining navbatchilik savollari


Download 11.96 Kb.
Sana25.04.2023
Hajmi11.96 Kb.
#1396027
Bog'liq
Golden navbatchiligi


Golden jamoasining navbatchilik savollari.
Savollar hammasi ma'lum bir ma'lumotlarga asoslanib Golden jamoasining a'zolari tomonidan tuzilgan.
1-Savol: Savol muallifi: Saparniyozova Diyora
P Qodirovning "Yulduzli tunlar" asaridan parchani tinglang.
Shoh Ismoil Shayboniyxon bilan sulh tuzish maqsadida o'zining elchisini uning huzuriga yuboradi. Ammo Shayboniyxon shoh Ismoil bilan sulh tuzsam shia mazhabini tan olgan bo'lmaymanmi deb o'ylaydi. Shuning uchun shohning maktubiga osmondan kelib javob yozadi "Sen bir shayxning o'g'lisan, toj-u taxtni senga kim qo'yibdi, qalandarligingini qilsangchi"-degan ma'noda unga Alfa va Bettani sovg'a qilib yuboradi.

Diqqat savol: Alfa va Betta nima ekanligini yozib bering?


Javob: Hassa va kashkul.


Qabul aniq javob
Qabul emas tayoq, idish
Kashkul- qalandarlarning xayr-sadaqa yigʻadigan maxsus idishi.
Keyinchalik Shoh Ismoil Shayboniyxonning qo'rg'onini qamal qilib, " Xon yuborgan hassaga suyanib kashkulni belimizga bog'lab keldik, qani endi xonda yurak bo'lsa shayxning o'g'li bilan bellashsin"- degan​ kinoyali maktublar yo'llaydi.
Manba: Primqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani

2-Savol: Savol muallifi: Saparniyozova Diyora


Said Ahmadning "Qorako'z majnun" hikoyasini barchamiz o'qiganmiz. Ushbu asarda Soadat ayaning o'g'li Bo'rixon urishdan keyin O'ris shaharlarida bo'ladi va u yerda bir rus qiziga uylanish uchun o'z dinidan, vatanidan voz kechib o'zga yurtda qolib ketadi.

Diqqat savol: O'z dinidan vos kechgan Bo'rixonni lotincha bir so'z bilan ifodalang?


Javob:Renegat


Izoh: (lotincha "renegatus" - "voz kechish) Bir dindan boshqa bir dinga o'tgan odam. Majoziy ma'noda o'z e'tiqodini o'zgartirgan va raqib tarafiga o'tgan kishi, murtad, xoin.


Manba: https://t.me/joinchat/AAAAAFewhNAKlXrZ2AokLQ


3-Savol.Savol muallifi Saparniyozova Diyora.


Diqqat ushbu savolda bumerang otiladi.
Mashhur bir asar qahramoni otasining urushdagi do'stini ishga joylashishida yordam berish maqsadida o'zi ishlayotgan konga birga olib keladi. Ammo shu yerda kutilmagan fojea yuz beradi Kon qulashi oqibatida otasining do'sti halok bo'ladi. U esa qochib qolishga ulguradi. Ammo, u bir zum o'zini yoqotib qoyib, noto'g'ri qaror qabul qilgani uchun marhuning o'limida o`zini ayblaydi. U o'zidagi ayiblov hisi tufayli ko'p azob chekadi va bu kasallikni hech qachon tuzata olmagach o'z hayotiga o'zi yakun yasaydi.

Diqqat savol: yuqoridagi parcha qaysi asardan olinganini topgan bo'lsangiz. Bu voqealarga mos keluvchi termin nomini bitta so'zda yozib bering.


Javob: Evtanaziya


Izoh: (grekcha "εὖ" — "yaxshi, "θάνᾰτος" — "o'lim") Davolab bo'lmaydigan kasallikka chalingan va bu kasallik tufayli chidab bo'lmas azoblarni boshdan kechirayotgan odamning o'z hayotini ixtiyoriy ravishda tugatish amaliyoti.Termin ilk bor XVI asrda Frensis Bekon tomonidan "yengil o'lim"ni ifodalash uchun ishlatilgan.


Manba: https://t.me/joinchat/AAAAAFewhNAKlXrZ2AokLQ

4-savol: Savol muallifi Inomjon Abdurasulov


I va F hammada bor va hammada har xil yoki bir xil boʻlishi ham mumkin. Koʻproq I insonlarda bir xil boʻlishini eshitganmiz, lekin I va Fning ikkalasi ham insonlarda bir xil boʻlishi kamdan-kam uchraydi.
Bizda F ayollarda va erkaklarda atigi bir harf bilan farq qiladi.
Diqqat savol: Agar siz I va F ni topgan boʻlsangiz, u hammada borligini inobatga olgan holda siz menga
" Yangi Atlantida" asari muallifiga tegishli boʻlgan I va Fni yozib bering.

Javob: Frensis Bekon


Izoh: I va F ism va familiya edi.


Sizga F erkaklar va ayollarda atigi bir harfga farq qilishi degan jumla yordam bergan boʻlishi kerak, masalan, JoʻrayeVJoʻrayevA. Men savol boshida savol muallfiga tegishli ism -familiyamni aytib oʻtdim. 3-savolda otilgan bumerang uzoqqa uchmagan holda 4-savolimizda ortga qaytdi. Frensis Bekon haqida 3-savolda eslab oʻtgan edik.

5-savol. Savol muallifi: Xusinova Mohinur


Savolda Alfa so'zi boshqa so'z bilan almashtirilgan.
Dunyoda eng qimmatli narsa Alfadir. Navoiyning fikricha, butun mavjudot, borliq Alfaga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan Afrika aholisining 30% e'tiqot qiladigan dinda ham Alfaning gʻoyalari oʻz ifodasini topgan.
Yordam tariqasida aytishimiz mumkin-ki alfani yangi konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlarda ham ko'rishimiz mumkin.

Diqqat savol: Alfani maksimal aniqlikda yozib bering?


Javob: Insonparvarlik


Izoh: Afrika aholisining 30% islom diniga e'tiqot qiladi. Yangi konstitutsiyamizga kiritilayotgan o'zgarishlarda ham insonparvarlik g'oyalari birinchi o'ringa qo'yilgan.


6-Savol. Savol muallifi: Rahimov Abdusami


Wikipedia malumotlariga ko'ra bu kompaniya 1893-yilda Brad's Drink brend nomi ostida o'z mahsulotlarini chiqara boshlagan.1898-yilga kelib esa, hozirgacha nomlanayotgan va mashhur bo'lgan nomi bilan chiqarilgan.
Diqqat savol: Bu kompaniya nomini yozib bering.

Javob: Pepsi.


7-savol: Savol muallifi: Ro'ziyeva Barno


Savolda Alfa so'zi boshqa so'z bilan almashtirilgan.
"Alfa" qadimgi davrda inson sig'ingan hodisalardan biri hisoblanadi. "Alfa"ning biz bilgan mashhurlari yurtimizda 3 ta bo'lib: Farg'ona vodiysidagi va Toshkent viloyatidagi bir shahar hamda qo'shni bir davlat nomi bilan ataladi.Tarixda Alfa bilan bog'liq qurilma nomini ham eshitgansiz.

Diqqat kutilmagan savol : Siz bizga Alfani emas balki mashhur bir asarda Alfaga aylanishga harakat qilgan qahromoning ismini yozib bering.


Javobni izohdan boshlayman.


Izoh: Qadimda inson sig'ingan "Alfa " Shamol edi


Shamolning yurtimizda 3 ta mashhur nomi mavjud
1.Qo'qon shamoli Farg'onada 2.Bekobod shamoli Toshkentda 3.Afg'on shamoli qo'shni davlat. Paolo Koeloning. "Alkimyogar" asarida Santyago shamolga aylanishga harakat qilgan.

Javob: Santyago


8-savol: Savol muallifi: Inomjon Abdurasulov. Mavlono Rumiy hikmatlaridan:


Doʻstlikda va qardoshlikda oqar suv kabi boʻl!
Tavozeda tuproq kabi boʻl!
Birovning aybini yopishda tun kabi boʻl!
Gʻazab onida X kabi boʻl!

Diqqat savol: Mantiqan oʻylagan holda X oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering. Yordam sifatida shuni aytishim munkinki 1994-yil yozilgan bir qissa nomi ham qaysidir ma'noda savolga javob bo'la oladi.


Javob: Oʻlik kabi boʻl


1994-yilgi asari esa T.Malikning "Murdalar gapirmaydi" asari edi

9-savol:


Muallif: Abdusami Rahimov
Oriat dono radiosidagi Futbol+ efirida Xayrulla Hamidov Anchelottining Tite o'rniga Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z fikrlarini bildirar ekan shunday deydi: ''Agar Anchelotti asosiy tarkibni tanlash uchun Ederson va Alissonlardan birini tanlashi kerak bo'lganda, Ularga bu ishni qildirib aniqlar edi deydi. Qozogʻistonda oʻtkazilgan bir turnir finaliga chiqqan opa singillar ham gʻolibni bu ish bilan aniqlashgan ekan.

Diqqat savol. Bu ishni yozib bering


Javob: Tosh qaychi qogʻoz oʻyinini oʻynab.


Qabul: don don ziki va oʻyinning boshqa nomlari

10-savol:


Muallif: Abdusami Rahimov
Bu davlat Podshohi o'zi va xalqi e'tiqod qiladigan dinni butun dunyoga tanitmoqchi bo'lib, bitta katta shaharni bosib oladi va u shahardagi aholiga qarata murojaat qilar ekani: ''meni dinimga kir'' -gapiga o'xshash bir iborani aytadi. Keyinchalik bu shaharning nomi o'sha Podshohning aytgan iborasiga atab nomlanadi.

Diqqat savol: Podshoh bosib olgan shaharni nima deb nomlagan?


Javob:Istanbul


Izoh:Podshoh bu Usmonli Turklar davlati hukmdori Muhammad Fatih edi. U Konstantinopolni zabt etadi va uyerdagi olomonga qarab ”Islom bo’l” deya murojaat qiladi. Uning shu gapidan keyin bugungi Istanbul shahari nomi kelib chiqqan.


Shunday qilib Golden jamoasi o'zining navbatchilini xon savollari bilan boshlab xon savollari bilan tugatdi. Kamchiliklar bo'lgan bo'lsa uzur so'raymiz. E'tiborlaringiz uchun raxmat
Download 11.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling