2. Bo`shliqli, tirqishli va desmasomalar orqali aloqalar.
Bo`shliqli aloqa. Membranalar orasidagi bo`shliq 25-30nm ni tashkil etadi. Bo`shliqli aloqaning bir ko`rinishi desmosomalar.
Desmosomalar- zich plastinkalar bo`lib, ulardan sitoplazmaga qarab fibrill tolalari o`tgan bo`ladi. Ikkita hujayraning plazmatik membranalari orasi desmoglein moddasi bilan to`lgan bo`lib, u hujayralarni bir-biri bilan birikishini ta`minlaydi. YUrak mushaklari, qon tomirlari devori hujayralarida uchraydi.
Tirqishli aloqa. Membranalar orasidagi bo`shliq 2-3nm ni tashkil etadi. Membrana bo`ylab har 1-3 mkm da uchraydi. Ikkita membrananing bir-biriga yaqinlashgan joyida maxsus tuzilmalar yuzaga kelib ularning o`rtasida kanalchalari bo`ladi. Bu tuzilmalar konnektin oqsilidan iborat bo`lgani uchun konneksonlar deb, aloqaning o`zi esa neksus deb nom olgan. Ulardagi kanallar orqali bir hujayradan ikkinchisiga ionlar va quui molekulali moddalar harakat qiladi. Bunday aloqa yurak miokardi mushak hujayralarida ko`p uchraydi.
Sinaptik aloqa. Neyronlar orasida hosil bo`ladi, nerv impulslarini o`tkazish vazifasini bajaradi, nerv hujayralarining o`simtalari orasida yuzaga keladi. Membranalar orasidagi bo`shliq sinaptik bo`shliq deyiladi va 20-30 nm tashkil etadi. Hujayralarning biri presinaptik, impulsni qabul qiluvchisi possinaptik deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |