Golji apparati va lizosomalar


Golji apparatining tuzilishi va funksiyasi


Download 0.77 Mb.
bet10/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#226570
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
-wnN42NvwE8Bnhe36 6JZAMm-mqPpcgq

2. Golji apparatining tuzilishi va funksiyasi.

Golji apparatining ikki xil strukturaviy holati mavjud: to`rsimon va o`simlik hujayralari uchun xos bo`lgan alohida tuzilmalardan iborat - diffuz shakli. Elеktron mikroskop yordamida Golji apparati uch xil bo`limlardan tuzilganligi aniqlandi:

1. Sis bo`lim - silliq membrana bilan o`ralgan va yadro yaqinida joylashgan sistеrnalardan iborat. Ularda tranzit oqsillar fosforlanib medial bo`limga o`tadi. Bu erda doimiy ravishda sistеrnachalar yangilanib turadi. Ular silliq endoplazmatik to`rdan hosil bo`ladi.

2. Medial bo`lim sistеrnachalari uchlarida joylashgan mayda pufakchalardan iborat bo`lib tranzit oqsillari o`zgarishlarga uchrab trans bo`limga o`tadi.

3. Trans bo`lim - kengaygan sistеrnalar va ularning markaziy qismida joylashgan vakuolalardan iborat bo`lib plazmatik membranaga yaqin joylashgan.

Golji apparatida ikki zonaajratiladi: proksimal va distal.

Proksimal qism turli sekret jarayonlari borayotgan hujayralarda sitoplazma va yadroga, distal qism hujayra tashqarisiga qaragan bo`ladi.

Proksimal qismda mayda pufakchalar va kalta sistеrnalar joylashib bu joy endoplazmatik to`rdan Golji apparatiga o`tish joyi hisoblanadi. Distal qism yirik vakuolalarga ega bo`lib ularning ichi sekresiya mahsulotiga to`lgan.





5.1.-rasm. Golji apparati. 1. SHoxlanib ketgan kanalchalar; 2. Sistеrnalar; 3. Medial bo`limning kanallari; 4. Trans bo`limning kengaygan sistеrnalari.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling