Golji apparati va lizosomalar
Lizosomalarning hosil bo`lishi va tuzilishi
Download 0.77 Mb.
|
-wnN42NvwE8Bnhe36 6JZAMm-mqPpcgq
3. Lizosomalarning hosil bo`lishi va tuzilishi. Lizosomalar membranali hujayra ichi tuzilmalari sifatida 1955 yilda belgiyalik bioximik De Dyuv tomonidan topilgan bo`lib, ularni o`rgangani uchun olim Nobel mukofotiga sazovor bo`lgan. Kallamush jigaridan olingan fraksiyalarni o`rganish mobaynidaolim ularning ba`zilari turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega bo`lgan gidrolitik fermentlarga ega ekanligini pauqaydi. Bu fermentlar maxsus sitoplazmatik tanachalar lizosomalar ekanligi va ularning fermentlari faqatgina lizosoma membranasi shikastlanganda, shok holatlari yuzaga kelganda, yoki lizosomalarning o`zi boshqa bir vakuola bilan qo`shilganda faollashadi.
Lizosomalarning membranasi polisaxaridlardan tuzilgan. Lizosomalarda 40 ga yaqin gidrolitik fermentlar bo`lib, turli moddalarni parchalash xususiyatiga ega. Yangi hosil bo`lgan lizosomalar birlamchi lizosomalar deyiladi, ularning fermentlari passiv bo`ladi. Lizosomalar turli organ hujayralarida jumladan buyrak hujayralarida topilgan. Bu еrda lizosomalar organizmga kirgan begonaoqsillarni konsentrasiyalash vazifasini bajaradi. YA`ni, ular hujayraga pinositoz va fagositoz yo`l bilan kirgan begona moddalarni detoksikasiyalash va parchalash xususiyatiga ega. Morfologik jihatdan lizosomalarning 4 tipi farqlanadi: birlamchi lizosomalar, ikkilamchi lizosomalar, autofagosomalar, telolizosomalar ( qoldiq tanachalar) . Birlamchi lizosomalar - mayda 100nm kattalikdagi vakuolalar bo`lib, ichi fosfataza fermentiga to`lgan bo`ladi. Bu ferment donador endopalazmatik to`rda sintezlanib, diktiosomalarning proksimal qismiga o`tadi va u еrdagi mayda vakuolalar tarkibiga kiradi va birlamchi lizosomalarlarni hosil qiladi. Kеyinchalik birlamchi lizosomalarlar fagositoz yoki pinositoz vakuolasi bilan qo`shilib ikkilamchi lizosomalarni yoki hujayra ichi hazm qilish vakuolasini hosil qiladi. Bunda birlamchi lizosomalar ichidagi fermentlar faollashib vakuola ichidagi mahsulotni parchalay boshlaydi. Vakuolalarning kattaligiga qarab ikkilamchi lizosomalar turli hajmda bo`ladi. Lizosomalar bir-biri bilan qo`shilish xususiyatiga ega va ularga tushgan biogen moddalar monomerlargacha parchalanib gialoplazmaga chiqariladi va u еrdan hujayraning turli joylariga tashiladi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling