Golji apparati va lizosomalar
Download 0.77 Mb.
|
-wnN42NvwE8Bnhe36 6JZAMm-mqPpcgq
4. Lizosomaning funksiyasi. Lizosomalar faoliyatini amalga oshiruvchi mexanizm mavjudligi haqida fanda quyidagi faraz mavjud: lizosomalarning hujayra ichida faol harakatini ta`minlovchi reseptorlar vazifasini membranasining tashqi yuzasidagi izofermentlar bajaradi. Lizosomalarning hujayra ichidagi harakatida mikronaychalar ishtirok etadi deb taxmin qilinadi, chunki maxsus ingibitorlar ta`sirida mikronaychalar parchalansa, lizosomalarning harakati to`xtaydi.
Autofagolizosoma ichidagi mahsulotlar parchalangandan kеyin u yana ikkilamchi lizosomaga aylanadi va yana bir necha marta boshqa fagosomalar bilan qo`shiladi. Lekin parchalanish jarayonlari ba`zi lizosomalarlarda oxirigacha bormaydi, bunda hazm bo`lmagan qoldiqlar lizosomalarning ichida qolib qoldiq tanachalari- telolizosomalarga (qoldiq tanacha) aylanadi. Qoldiq tanachalarda fermentlar kam bo`lib ularda moddalar qayta tuziladi, zichlashadi. Ko`pincha qoldiq tanachalarda turli lipidlar yig`ilib ko`p qavatlilikni hosil qiladi. Lizosomalar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchraydi , lekin uning uchrash chastotasi hamma hujayralar uchun turlichadir. Hayvon hujayralarida lizosomalarlar ko`proq readsorbsiya (qayta so`rilish) vaoqsil mahsulotlarini parchalash jarayonlari boradigan hujayralarda: makrofaglar, lеykositlar, jigar va buyrakda uchraydi.Lеykositlarda (immun hujayralar) passiv holatda hujayra sitoplazmasida birlamchi lizosomalar suzib yuradi. Lеykosit hujayrasi biror bakteriyani fagositoz yo`l bilan yutishi zaxotiyoq birlamchi lizosomalarlar tezda ichidagi fermentlarini fagositar vakuolaga to`kadilar va ikkilamchi lizosomalarni hosil qiladilar. Demak, lizosomalar adaptiv immunitet hosil qilishda ishtirok etadi. Undan tashqari, lizosomalar hujayra ichi mahsulotlarini o`zgartirishda ishtirok etadi. Qalqonsimon bez hujayralaridagi endopalazmatik to`rda tiroglobulin oqsili sintezlanadi. Tiroglobulin Golji apparati yordamida qalqonsimon bez follikulalariga chiqariladi. Bu еrda gormonal qo`zg`atishga uchrab qaytib pinositoz yo`l bilan bez hujayrasiga tushadi. Pinositoz vakuolasi birlamchi lizosomalar bilan qo`shilib uning fermentlari tiroglobulinni qisman gidrolizlaydi va tiroksingaaylantiradi. Shundan so`ng gormon qonga chiqadi. Autolizosomalar (autofagosoma) morfologik jihatdan ikkilamchi lizosomalardir. Tarkibida sitoplazmaning ayrim fragmentlari, ba`zan esa hujayraning ayrim tuzilmalari: mitoxondriya, plastida, endopalazmatik to`r, ribosomalar uchraydi. Autolizosomalarning hosil bo`lish mexanizmi oxirgacha o`rganilmagan, lekin taxmin qilinishicha birlamchi lizosomalar hujayra tuzilmalari oldiga kelib, ularni o`rab bir-biri bilan qo`shiladilar va tuzilmani pinositoz yo`l bilan qamrab oladilar. Bu jarayon Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling