Golji apparati va lizosomalar
Download 0.77 Mb.
|
-wnN42NvwE8Bnhe36 6JZAMm-mqPpcgq
3. Plazmodesma. O`simlik hujayralarida uchraydi. Ingichka kanalchalar bo`lib 2ta hujayrani biriktirib turadi. Kanalchalar diametri 40-50 nm. Plazmodesmalar orqali bir hujayradan ikkinchisiga moddalar harakat qiladi.
Hujayra lar bo`linishidan so`ng yangi hujayralar o`sadi, hajmi ortadi va demak ularning membranasi ham kengayadi. Plazmalemmaning yuzasida doimiy ravishda lipid va oqsil molekulalarining yangilanib turishi kuzatiladi. Plazmatik membrana yangilanib turishi Golji apparati xisobiga amalga oshadi. Golji apparati hosil bo`lgan pufakchalar plazmatik membranaga kelib, bu еrda bir-biri bilan qo`shilib yangi membranani hosil qiladi. Bu jarayon asosan plazmatik membrananing shikastlanishida ro`y beradi. Lekin plazmatik membrana yangilanib turishi hujayraning hayot faoliyati davomida ham sodir bo`ladi. Hujayrada endoplazmatik to`rda sintezlangan maxsulotlar Golji apparatiga o`tib, bu еrda konsentrasiyalanadi va memebranaga o`raladi. Bu moddalar hujayradan ekzositoz yo`l bilan chiqaraladi. Bunda vakuolalar plazmatik membranaga yaqinlashib ularning membranasi plazmatik membrana bilan qo`shiladi, vakuol ichidagi mahsulot esa tashqariga chiqariladi. SHu hisobiga plazmatik membrana sathi kattalashadi. Ichkariga fagositoz yo`l bilan kirayotgan molekulalar hujayra yuzasiga kelib bu yеrda plazmatik membrana bilan o`ralib ichkariga kiradilar va natijada plazmatik membrana usti kattalashadi. Demak, plazmatik membrana yangilanib turishida asosiy vazifani Golji apparati bajaradi. Yuqorida aytib o`tilganlarni umumlashtirib, biologik membranalarning quyidagi umumiy xususiyatlarini keltirish mumkin: 1. Hamma membranalarning umumiy qalinligi 5-10 nm ni tashkil etadi. 2. Membrana lipoproteinli tuzilma bo`lib, ba`zi oqsil va lipid molekulalariga tashqi tomondan uglevod komponentlari birikadi. Membrana tarkibidagi uglevodlar 2%-10%ni tashkil etadi. 3. Lipidlar ulardagi qutbli boshchalar va qutbsiz dumchalari yordamida biqatlamni hosil qilib joylashadi. 4. Membrana tarkibidagi oqsillar turli tabiatga ega bo`lib turli vazifani bajaradi. 5. Membrana yuzasidagi glikokaliks guruhi tanib olish xususiyatiga ega. 6. Membrananing tashqi va ichki tomonlari tarkibi va xususiyati jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Tayanch-qisqarish tizimi - mikrofibrillalar, mikronaychalar va skeletli fibrillyar tuzilmalardan iborat. Fibrillyar tuzilmalar deyarli barcha eukariot hujayralarda uchrab, tayanch vazifasini bajaradi. Mikrofibrillyar tuzilmalar tarkibiga aktin, miozin, aktinin, tropomiozin oqsillari kiradi. Bu oqsillar membrana ostida mikrofilamentlardan iborat to`rni hosil qiladi. 3.2.-rasm. Hujayralararo aloqa turlarining ko`rinishi. Plazmatik membrananing o`sishi Tayanch-qisqarish tizimining yana bir komponenti mikronaychalar.Ularni tarkibi 80% tubulin oqsilidan iborat. Mikrofibrillalar singari mikronaychalar o`zi yig`ilib va tarqalib turadigan tizim. Mikrofibrillalar va mikronaychalar plazmatik membrana o`simtalarini mikrotukchalar, kiprikcha, xivchinlarni hosil qilishda ishtirok etadilar. Hayvon hujayralari yuzasida ko`p uchraydigan o`simtalar mikrotukchalardir.Ular sitoplazmaning hosilalari bo`lib plazmatik membrana bilan o`ralgan bo`ladi. Qalinligi 100 nm. Ichak epitеliysining 1-ta hujayrasiga 3000 ta mikrotukcha to`g`ri keladi. Mikrotukchalar orasidagi plazmatik membrana qismlari zich glikokaliks bilan to`lgan bo`lib shu joyda moddalar ichkariga so`riladi. Vazifasi oxirgacha o`rganilmagan, asosan so`rish maydoni hajmini kattalashtiradi. Plazmatik membrana o`simtalarining yana bir ko`rinishi kiprikcha va xivchin. Plazmatik membrana bilan o`ralgan bo`lib, asosida bazal tanachasi bo`lgan mikronaychalardan tuzilgan. Diametri 200 nm., uzunligi 200 mkm. Kiprikcha 1 ta bo`lsa xivchin deyiladi. Hayvon hujayralarida uchraydi, o`simliklarda erkak gametalarda hosil bo`ladi. Vazifasi harakat. Har bir kiprikchaning asosida bazal tanacha joylashib u hosil qilgan mikronaychalar kiprikchani ichini to`ldirib turadi. Har bir kiprikchani hosil qilishda 9 ta duplet periferik va 2 ta markaziy mikronaychalar ishtirok etadi(9x2)+2. Dupletlarni markaziy mikronaychalar bilan dinein oqsilidan iborat tuzilma bog`lab turadi. Bazal tanachani hosil qilishda 9 ta mikronaychalarning tripletlari ishtirok etadi (9x3)+0. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling