Golji apparati va lizosomalar


Silliq (agranulyar) endoplazmatik to`r -


Download 0.77 Mb.
bet8/14
Sana05.01.2022
Hajmi0.77 Mb.
#226570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
-wnN42NvwE8Bnhe36 6JZAMm-mqPpcgq

3. Silliq (agranulyar) endoplazmatik to`r - retikulyar membranalar tizimidan iborat bo`lib alohida tuzilma deb qaralmaydi. U ham vakuolalar kanalchalar va naychalar hosil qiladigan membranalar to`plamidan iborat va bir-biri bilan qo`shilishi mumkin. Yuzasida ribosomalari yo`q . Kanalchalar kengligi 50-100 nm, odatda zonalar hosil qilib joylashadi. Masalan, ichak epitеliysi hujayralarida hujayraning apikal (yuqorigi) qismida, so`rish yuzasiga yaqin, jigar hujayralarida glikogen to`planadigan joyda bo`ladi.

Donador endoplazmatik to`r sistеrnalari yuzasidagi ribosomalarni yo`qotib silliq endoplazmatik to`rga aylanadi. Golji apparati donador endoplazmatik to`rga nisbatan ikkilamchi hisoblanadi.





4.1.- rasm. Endoplazmatik to`rning(EPT) ko`rinishi.
Ikkala endoplazmatik to`r morfologik jihatdan o`xshash bo`lsada funksional jihatdan farq qiladi. Silliq endoplazmatik to`rning faoliyati lipidlar va polisaxaridlar metabolizmi bilan bog`liq. Masalan, jigar hujayralarida Golji apparati atrofida silliq endoplazmatik to`r bo`shliqlarida yog` tomchilarini ko`rish mumkin. Agar kalamushlarga yog` tomchilarini to`planishiga olib keladigan moddalar berilsa birinchi yog` tomchilari silliq endoplazmatik to`r bo`shliqlarida ko`rinadi.

Silliq endoplazmatik to`rda ayniqsa steroidlar sintezlanadigan hujayralarda, jigar hujayralarida va mushak tolalarida glikogen tuplanadi. Jigarda silliq endoplazmitik to`r zonasi kattalashib ketishi patologik jarayon bilan bog`liq. Turli kimyoviy moddalar, kanserogenlar, zaxarli moddalar, gormonal preparatlar ta`sirida hujayralar o`zining bazofil sitoplazmasini yo`qotib ularda RNK miqdori kamayadi va silliq endoplazmitik to`r miqdori ko`payadi. Jigar hujayralari silliq endoplazmatik to`r yordamida bu moddalarning salbiy ta`siriga qarshi kurashadi.

Ko`ndalang targ`il muskullarda silliq endoplazmitik to`r vakuolalari va kanallari (sarkoplazmatik retikulum) har bir miofibrillni o`rab turadi. Bu еrda silliq endoplazmitik to`r kalsiy ionlarini to`plashi natijasida mushak tolasi bo`shashadi.

O`simliklarda silliq endoplazmitik to`r steroid, lipidlar sintezida ishtirok etuvchi hujayralarda uchraydi.

Hujayra membranalarining sintezi. Endoplazmitik to`rning muhim xususiyati hujayra membranalarining hosil qilishda ishtirok etishidir. Endoplazmatik to`r elementlari hamma hujayra oqsillarini, membrana lipid qavati moddalarini sintezlaydi va membrananing lipoproteid tuzilmasini teradi. Endoplazmatik to`rda Golji apparati, sekretor vakuolalar, integral oqsillarni sintezlanadi.


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling