Golji kompleksi, Golji apparati, plastinkasimon apparat hamma eukariot hujayralar uchun xos
Download 268.87 Kb. Pdf ko'rish
|
Golji kompleksi - Vikipediya
Golji kompleksi Golji kompleksi, Golji apparati, plastinkasimon apparat — hamma eukariot hujayralar uchun xos organoid. G. K. ni Golji (1898) nerv hujayralarida kashf qilgan. Strukturaviy va funksional birligi — diktiosoma. Hujayra sitoplazmasida birbiri bilan umumiy toʻr orqali bogʻlangan 20 ga yaqin diktiosomalar boʻladi. G.k. koʻpincha sentriollarni oʻrab turadi, hujayraning G.k. joylashgan qismida ribosomalar deyarli boʻlmaydi. Sekretor hujayralarda G.k. hujayraning apikal qismida joylashadi. Funksiyasi — oqsillarni modifikatsiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash, qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash, ayrim polisaharidlarni sintezlash, hujayra membranasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash. Oqsillar membranali pufakchalar ichida endoplazmatik toʻrdan G.k. ga oʻtadi. G.k.da ulardan murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mukopolisaharidlar) hosil boʻladi. Tayyor mahsulotlar pufakchalarda toʻplanadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi xaltachalardan sitoplazmaga chiqib, u yerda toʻplanadi yoki mikronaychalar orqali hujayradan tashqariga chiqariladi. Oʻsimlik hujayralarida G.k. hujayra devori tarkibiga kiradigan gemitsellyuloza va pektinni sintezlaydi, polisaharidli shilimshiq modda sintezida ishtirok etadi. Bir hujayrali hayvonlarda G.k. elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. G.k. granulotsitlar uchun granulalarni va spermiylar akrosomalarini shakllantiradi. G. K. ni Golji & Golji kompleksi. Hujayra boʻlinishida G.k. alohida diktiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil boʻladigan hujayralar oʻrtasida tasodifan taqsimlanadi. OʻzME . Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Hayvon hujayrasi Eukaryotik hujayra organellalari : 1. Yadrocha 2. Hujayra yadrosi 3. Ribosoma 4. Vesicle 5. Endoplazmatik toʻr . Golji kompleksi 7. Cytoskeleton . Smooth endoplasmic reticulum 9. Mitoxondriya 10. Vakuolalar 11. Cytosol ( organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi) 12. Lizosoma 13. Centrosome 14. Plazmatik membrana Adabiyotlar Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot tomonidan amalga oshirildi Ushbu maqola chaladir . Siz uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Golji_k ompleksi&action=edit) Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. " https://uz.wikipedia.org/w/index .php? title=Golji_kompleksi&oldid=28405 23 " dan olindi Download 268.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling