Golji kompleksi, Golji apparati, plastinkasimon apparat hamma eukariot hujayralar uchun xos


Download 268.87 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi268.87 Kb.
#1005504
Bog'liq
Golji kompleksi - Vikipediya



Golji kompleksi
Golji kompleksi, Golji apparati, plastinkasimon apparat — hamma eukariot hujayralar uchun xos
organoid. G. K. ni Golji (1898) nerv hujayralarida kashf qilgan. Strukturaviy va funksional birligi —
diktiosoma. Hujayra sitoplazmasida birbiri bilan umumiy toʻr orqali bogʻlangan 20 ga yaqin
diktiosomalar boʻladi. G.k. koʻpincha sentriollarni oʻrab turadi, hujayraning G.k. joylashgan
qismida ribosomalar deyarli boʻlmaydi. Sekretor hujayralarda G.k. hujayraning apikal qismida
joylashadi. Funksiyasi — oqsillarni modifikatsiyalash (glyukozalash, sulfatlash, fosforlash,
qisman polipeptid zanjirni parchalash va b.), ajratiladigan mahsulotlarni granulalar holida taxlash,
ayrim polisaharidlarni sintezlash, hujayra membranasini hosil qilish, lizosomalarni sintezlash.
Oqsillar membranali pufakchalar ichida endoplazmatik toʻrdan G.k. ga oʻtadi. G.k.da ulardan
murakkab oqsillar (lipoproteidlar, mukoproteidlar, mukopolisaharidlar) hosil boʻladi. Tayyor
mahsulotlar pufakchalarda toʻplanadi. Pufakchalar diktiosomalar uchidagi xaltachalardan
sitoplazmaga chiqib, u yerda toʻplanadi yoki mikronaychalar orqali hujayradan tashqariga
chiqariladi. Oʻsimlik hujayralarida G.k. hujayra devori tarkibiga kiradigan gemitsellyuloza va
pektinni sintezlaydi, polisaharidli shilimshiq modda sintezida ishtirok etadi. Bir hujayrali
hayvonlarda G.k. elementlari qisqaruvchi vakuollar hosil qiladi. G.k. granulotsitlar uchun
granulalarni va spermiylar akrosomalarini shakllantiradi.
G. K. ni Golji & Golji kompleksi.


Hujayra boʻlinishida G.k. alohida diktiosomalarga ajralib ketib, yangidan hosil boʻladigan
hujayralar oʻrtasida tasodifan taqsimlanadi.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Hayvon
hujayrasi
Eukaryotik
hujayra 
organellalari
:
1. 
Yadrocha
2. 
Hujayra yadrosi
3. 
Ribosoma
4. Vesicle
5. 
Endoplazmatik toʻr
. Golji kompleksi
7. Cytoskeleton
. Smooth endoplasmic reticulum
9. 
Mitoxondriya
10. 
Vakuolalar
11. Cytosol (
organellalarni
o'z ichiga olgan suyuqlik; 
sitoplazmani
o'z ichiga oladi)
12. 
Lizosoma
13. Centrosome
14. 
Plazmatik membrana
Adabiyotlar


Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Golji_k
ompleksi&action=edit) Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Golji_kompleksi&oldid=28405
23
" dan olindi

Download 268.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling