Gorizontal to’g’ri chiziq
Download 29.95 Kb.
|
Gorizontal to’g’ri chiziq-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.15-shakl a ) b) v) g) d) 2.16-shakl
- 2.10-shakl Frontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq.
Tekislikning berilishi. Tekislik birinchi tartibli sirt hisoblanadi. Umumiy holda
tekislikning fazoviy vaziyatini bir to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan uchta nuqta aniqlaydi. Haqiqatdan, 2.15-shakldagi A, B va C nuqtalar fazoda biror Q tekislikning vaziyatini aniqlaydi. Bu nuqtalardan har birining fazoviy o’rni o’zgarishi bilan tekislikning vaziyati ham fazoda o’zgaradi. Chizma geometriyada tekisliklar quyidagi hollar bilan beriladi: bir to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lmagan uchta nuqta proyeksiyalari bilan (2.16 – a, shakl); 73 bir to’g’ri chiziq va unga tegishli bo’lmagan nuqta proyeksiyalari bilan (2.16 – b, shakl); ikki parallel to’g’ri chiziq proyeksiyalari bilan (2.16 – v, shakl); ikki kesishuvchi to’g’ri chiziq proyeksiyalari bilan (2.16 – g, shakl); tekis geometrik figuralarning ortogonal proyeksiyalari orqali berilishi ham mumkin (2.16 – d, shakl); 2.15-shakl a) b) v) g) d) 2.16-shakl Shuningdek, tekislik proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishish chiziqlari orqali berilishi ham mumkin (2.17–shakl). Masalan, P tekislik H, V va W proyeksiyalar tekisliklarini PH, PV, PW chiziqlar bo’yicha kesadi. a) b) 2.17-shakl Gorizontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq. Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perependikulyar to’g’ri chiziq gorizontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq deb ataladi (2.10- shakl). Bu to’g’ri chiziq H tekislikka nuqta bo’lib proyeksiyalanadi. Uning frontal va profil proyeksiyalari Oz o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi V va W ga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proyeksiyalanadi. 2.10-shakl Frontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziq. Frontal proyeksiyalar tekisligiga perependikulyar to’g’ri chiziq frontal proyeksiyalovchi to’g’ri chiziqlar deb ataladi (2.11- shakl). Bunday to’g’ri chiziq V tekisligiga nuqta bo’lib proyeksiyalanadi. Uning gorizontal va profil proyeksiyalari Oy o’qiga parallel bo’ladi. Bu to’g’ri chiziq kesmasi H va W proyeksiyalar tekisliklariga o’zining haqiqiy o’lchami bo’yicha proyeksiyalanadi. Download 29.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling